Harorat -13 darajagacha sovuq boʻladi. Oʻzbekistonda haftalik ob-havo
Nisbatan iliq dushanbadan keyin seshanba kuni Oʻzbekistonning aksariyat hududlarida yomgʻir yogʻadi, baʼzi joylarda qorga aylanadi. Shimolda payshanba va juma kuniga oʻtar kechasi harorat −8…−13 darajagacha pasayadi. Jumadan boshlab harorat yana koʻtariladi.
Chorshanba kuni mamlakat hududiga Volga boʻyidan nam va sovuq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda, deya xabar berdi Oʻzgidromet.
Dushanba kuni Oʻzbekiston boʻylab yogʻingarchilik kutilmaydi, kunduzi havo harorati +7…+12 darajagacha, janubiy hududlarda baʼzi joylarda +15 darajagacha iliq boʻladi. Shamol tezligi ayrim joylarda 15−20 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Seshanba kuni respublikaning katta qismida yomgʻir yogʻadi, shimolda qorga aylanadi. Ayrim togʻoldi va togʻli hududlarda kuchli yogʻingarchilik boʻlishi mumkin. Faqat Fargʻona vodiysi hududlarida yogʻingarchilik ehtimoli past. Havo harorati kechasi 0…+5, kunduzi +5…+10 daraja boʻladi.
Chorshanba kuni mamlakat hududiga Volga boʻyidan nam va sovuq havo massalari kirib kelishi, Oʻzbekiston boʻylab yogʻingarchilik (yomgʻir qorga aylanadi) boʻlishi kutilmoqda. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida yogʻingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi va kunduzi 0…+5 darajadan oshmaydi.
Payshanba kunining birinchi yarmida respublikaning faqat markaziy va sharqiy hududlarida qor yogʻishi kutilmoqda. Havo harorati kechasi −2…−7, kunduzi −2…+3, shimoliy hududlarda kechasi −8…−13, kunduzi 0…-5 darajagacha pasayishi kutilmoqda.
Juma kuni Oʻzbekistonda yogʻingarchilik kutilmaydi, havo harorati kechasi −2…−7 darajadan oshmaydi, kunduzi +2…+7 darajagacha, shimolda kechasi +8…+13, kunduzi −2…+3 daraja boʻladi.
Hafta davomida respublika boʻylab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan gʻarbga oʻzgarib turgan holda 7−12 m/s tezlikda esadi, 21−23-yanvar kunlari ayrim joylarda 13−18 m/s gacha kuchayadi. 21−22-yanvar kunlari 20−23 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Toshkent shahrida dushanba kuni yogʻingarchilik kutilmaydi, havo harorati +10…+12 darajagacha iliq boʻladi. Seshanba kuni vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin, havo harorati kechasi +2…+4, kunduzi +8…+10 daraja boʻladi.
Chorshanba kuni yomgʻir yogʻishi, qorga aylanishi kutilmoqda, kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shimol tezligi 12−14 m/s gacha kuchayishi mumkin. Kechasi va kunduzi havo harorati +1…+3 daraja boʻladi. Payshanba kuni kechasi va ertalab qor yogʻishi mumkin. Havo harorati kechasi −4…−6, kunduzi −1…+1 daraja boʻladi.