верхний лего
РУ
O’Z
UZS
/
/
AirAsia X oktabrdan Kuala-Lumpur va Toshkent o‘rtasida parvozlarni boshlaydi
26.04.2025

AirAsia X oktabrdan Kuala-Lumpur va Toshkent o‘rtasida parvozlarni boshlaydi

AirAsia X oktabrdan Kuala-Lumpur va Toshkent o‘rtasida parvozlarni boshlaydi

Joriy yil boshida ruxsatnoma olgan Malayziya aviakompaniyasi aviaqatnovlarni haftasiga uch marta amalga oshirishni mo‘ljallamoqda.

Malayziyaning AirAsia X aviakompaniyasi joriy yilning kuzidan O‘zbekistonga muntazam parvozlarni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Turizm qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Qo‘mitada aviakompaniya raisi Datuk Kamaruddin Meranun va kompaniya direktori Benyamin Ismoil boshchiligidagi Malayziya delegatsiyasi bilan muzokaralar o‘tkazildi. Tomonlar ikki mamlakat o‘rtasidagi turizm salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni ko‘rib chiqdilar.

Xususan, Kuala-Lumpur-Toshkent-Kuala-Lumpur yo‘nalishi bo‘yicha doimiy aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish imkoniyati muhokama qilindi.

Aviakompaniya parvozlarni joriy yilning oktabr oyidan boshlashni rejalashtirmoqda. Aviareyslar haftasiga uch marta amalga oshirilishi mo‘ljallangan.

Shuningdek, tomonlar hamkorlikni kengaytirish va uchinchi mamlakatlarga bog‘lovchi aviaqatnovlarni tashkil etish imkoniyatlarini ko‘rib chiqdi.

Malayziyadan O‘zbekistonga sayyohlar oqimini ko‘paytirish, Umra+ dasturi doirasida ziyorat turizmini rivojlantirish masalalariga e’tibor qaratildi.

Bu qiziq

"Aliekspress"da LEGO analoglari sotilmoqda
"Aliekspress"da LEGO analoglari sotilmoqda
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.