Albatta tomosha qilish kerak bo‘lgan harbiy filmlar. Eng yaxshilari


Urush - kino olamida mashhur mavzu hisoblanib, rejissyorlar uzoq vaqtdan buyon o‘rganilgan mavzuga g‘ayrioddiy yondashuvlari bilan hayratda qoldirishdab to‘xtamaydilar. Toping.uzning yangi to‘plamida jangovar harakatlar sharoitida inson tabiatini u yoki bu tarzda o‘rganadigan oltita turli kino tasmalari joy oldi.
“44-yilning avgustida”
Chiqarilgan yili: 2001-yil
Rejissyor: Mixail Ptashuk
Bosh rollarda: Yevgeniy Mironov, Vladislav Galkin, Yuriy Kolokolnikov
Davomiyligi: 1 soat 58 daqiqa
Syujet: Ikkinchi jahon urushi tugashiga bir yildan kamroq vaqt qolgan, Belorussiya tuprog‘ini ozod qilish bo‘yicha eng muhim “Bagration” operatsiyasi deyarli yakunlandi. Ammo ushbu hududdan kimdir muntazam ravishda Germaniya tomoniga muhim ma’lumotlarni yetkazib turadi. Sotqinlar ehtiyotkorlik bilan harakat qilishadi, ularni tutib bo‘lmaydi. Josuslarni topish “Smersh” jangchilarining kichik otryadiga - josuslarni qidirishga ixtisoslashgan haqiqiy yashirin kontrrazvedka tashkilotiga topshiriladi. Elita bo‘linmasining asosiy yutug‘i - nostandart fikrlash, psixologiyaga ta’sir qilish qobiliyati va hayratlanarli kuzatuvchanlik bo‘lib, bu qo‘pol kuchdan ancha samaraliroq bo‘lib chiqadi. Agar bu ish bermasa, qo‘mondonlik harbiy operatsiya boshlashi, “Smersh” otryadi esa topshiriqning bajarilmaganligi tufayli zarba ostida qolishi kerak bo‘ladi.
Nima uchun tomosha qilish kerak: Qiziqarli syujet va ajoyib qahramonlarga ega jozibali jangari film. Ilk sahnalardanoq otryad har bir ishtirokchisining o‘z xarakteri namoyon bo‘ladi: biri ko‘rinishidan hazilkash va sho‘x bo‘lsa-da, otishmada birdan o‘zgarib, o‘zini professional sifatida ko‘rsatadi; ikkinchisi hali juda yosh va o‘zini boshliqlar oldida tezroq ko‘rsatishga intiladi; ularning rahbari esa darhol yangi sharoitlarga moslashadi va ayyorlik hamda vaysaqilik qobiliyati bilan odamdan ma’lumotlarni chiqarib oladi. Qahramonlarning o‘zini ham, umumiy syujetni ham kuzatish qiziqarli - ayniqsa, u g‘ayrioddiy burilishlar va nozik yumor bilan hayratga solishi mumkin. Aytgancha, film Youtubeda bepul mavjud.
Shuningdek, asarning murakkab va hatto fojiali tarixini ham qayd etib o‘tamiz. Vladimir Bogomolovning “Haqiqat lahzasi” romanini birinchi marta 1975-yilda Litvada ekranlashtirishga harakat qilishgan, ammo aktyorlardan birining o‘limi tufayli loyiha bekor qilinadi. Yangi versiyaga 1999-yilda kirishilgan. Mablag‘ yetishmasligi sababli suratga olish ishlari qiyin kechadi. Yozuvchiga film yoqmaydi: u hatto kino bilan bog‘lanmaslik uchun o‘z ismini titrlardan olib tashlashni so‘raydi. Shunga qaramay, “44-yilning avgustida” filmi tanqidchilar tomonidan iliq kutib olindi va film ikki marta Rossiyaning “Nika” kino mukofotiga (“Eng yaxshi badiiy film” va “Eng yaxshi ovoz rejissyori ishi”) sazovor bo‘ldi. Ammo 59 yoshli belaruslik rejissyor Mixail Ptashukga mukofotni qo‘liga olish nasib etmadi - u mukofotni topshirish marosimi boshlanishidan bir necha soat oldin avtohalokatda vafot etadi.
G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q
Chiqarilgan yili: 2022-yil
Rejissyor: Edvard Berger
Bosh rollarda: Feliks Kammerer, Albrext Shux, Aaron Xilmer
Davomiyligi: 2 soat 28 daqiqa
Syujeti: Nemis yuqori sinf o‘quvchilari targ‘ibotga ishonib, urushga shoshilishga tushadi. Paul ismli yigitcha ham o‘zini yo‘qotib qo‘yadi, u boshqa yangi askarlar bilan birga G‘arbiy frontga olib ketiladi. Haqiqatning gazetalardagi shiorlar va armiyaga da’vatlar bilan hech qanday aloqasi yo‘qligi tezda ma’lum bo‘ladi. Lekin endi janglarda qatnashishdan voz kechish mumkin emas, shuning uchun ham Paul nimalar bo‘layotganini tushunib yetishi kerak. Shu bilan birga, rasmiy ma’lumotda minglab odamlar halok bo‘lgani haqida qisqacha : “G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q” -, xabar beriladi.
Nima uchun tomosha qilish kerak: Bu Erix Mariya Remarkning xuddi shu nomdagi romanining uchinchi marta sahnalashtirilishidir - ularning barchasi tomosha qilishga arziydi, ammo Netflix versiyasi eng zamonaviysi, shuning uchun ham biz uni ro‘yxatga kiritdik. Urush haqidagi ko‘pgina asarlar kabi “G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q” romani ham yaqqol ifodalangan antimilitaristik xarakterga ega. Bu qahramonlar yo‘qdek va go‘yo muhim emasdek tuyuladigan og‘ir va murakkab film, unda - urush har qanday holatda ham hammani o‘z qa'riga tortishi va hatto agar kimdir tirik qolgan taqdirda ham ularni bir umrga o‘zgartirib yuborishi hikoya qilingan.
Jangga faqat “qariyalar” boradi
Chiqarilgan yili: 1973-yil
Rejissyor: Leonid Bikov
Bosh rollarda: Leonid Bikov, Sergey Podgorniy, Sergey Ivanov
Davomiyligi: 1 soat 27 daqiqa
Syujeti: Qiruvchi samolyotlar eskadrilyasi xuddi orkestr kabi yashaydi: jangovar topshiriqlar orasidagi tanaffuslarda, urush muhiti bunchalik og‘ir bo‘lmasligi uchun, uchuvchilar va mexaniklar musiqa asarlarini o‘rganadilar va ijro etadilar. Jamoa yoshlar bilan to‘ldiriladi, ammo rahbariyat odatda tajribali uchuvchilarni topshiriqlarga yuboradi. Tashqi ko‘rinishdan hammasi yaxshi, ammo bu faqat xayolda: har qanday parvoz oxirgisi bo‘lishi mumkin va hamma ham xavfni to‘liq tushunmayotganga o‘xshaydi.
Nima uchun tomosha qilish kerak: Bu sovet harbiy kinosining klassikasi bo‘lib, film yengillik va drama chegarasida muvozanat saqlaydi. Qahramon va uning hazillariga bog‘lanib qolgan paytda bir daqiqadan so‘ng uchuvchi bo‘lmay qolishi mumkin. Ajoyib syujet, qahramonlarning esda qolarli xususiyatlari va xarakterlari, ta’sirli (yetmishinchi yillarning boshlari uchun) jang sahnalari - “Jangga faqat “qariyalar” boradi” haqli ravishda eng yaxshi sovet filmlaridan biri hisoblanadi. Filmni Youtubeda bepul tomosha qilish mumkin.
Vijdon amri bilan
Chiqarilgan yili: 2016-yil
Rejissyor: Mel Gibson
Bosh rollarda: Endryu Garfild, Sem Uortington, Tereza Palmer
Davomiyligi: 2 soat 19 daqiqa
Syujeti: Ko‘ngilli Dezmond Doss - Amerika armiyasining “yosh jangchi kursi” rahbariyati uchun haqiqiy bosh og‘rig‘i. Yigit Ikkinchi jahon urushida xizmat qilishni va g‘alabani yaqinlashtirishni xohlaydi, lekin qo‘liga har qanday qurolni olishdan va ayniqsa odam o‘ldirishdan bosh tortadi, chunki bu uning diniy e’tiqodiga ziddir. Bunday askardan qutulishning ham iloji yo‘q: u xizmatdoshlarining (ular hatto dushmanga qarata o‘q uzishga ham rozi bo‘ladilar) barcha tahqirlashlariga chidaydi va frontda tibbiyot xodimi bo‘lib xizmat qilishni talab etib, “mashg‘ulotlardan” bosh tortadi. Harbiylarning yigitchani urushga jo‘natishdan boshqa ilojlari qolmaydi.
Nima uchun tomosha qilish kerak: Syujet bayoniga ko‘ra, voqea juda uydirmadek tuyulishi mumkin - qurol ko‘tarishni istamagan odamni (har qanday sababga ko‘ra) urushga yuborish mumkin emas. Ammo qanchalik ajablanarli bo‘lmasin, asosga real voqea qo‘yilgan. Amerikalik Dezmond Doss haqiqatan ham tibbiyot xodimi bo‘lib xizmat qilgan va o‘nlab yarador jangchilarni qutqargan, shu bilan birga u qurol olib yurish va uni ishlatishdan bosh tortgan. Frontdagi xizmatlari uchun yigit AQShning oliy harbiy mukofoti - “Shon-sharaf” medali bilan taqdirlangan.
1917
Chiqarilgan yili: 2019-yil
Rejissyor: Sem Mendes
Bosh rollarda: Jorj Makkey, Din-Charlz Chempion, Mark Strong
Davomiyligi: 1 soat 59 daqiqa
Syujeti: Birinchi jahon urushi, Fransiya. Nemislar pozitsiyalaridan chekindi va Britaniya armiyasi katta hujumga tayyorlanmoqda. Hujum arafasida bu Germaniyaning Buyuk Britaniya jangchilarini tuzoqqa tushirish va mag‘lub etish uchun ayyorona manevri ekanligi ma’lum bo‘ladi. Aloqa ishlamayapti va qo‘mondonlikni faqat shaxsan ma’lumot berish orqali ogohlantirish mumkin. Vazifa ikki yosh kapralga topshiriladi. Ular dushman egallab olgan hududdan o‘tib, hujum operatsiyasi rahbariga xabar yetkazishlari kerak. Agar shunday qilinmasa, butun polk, shu jumladan, qahramonlardan birining ukasi ham halok bo‘ladi.
Nima uchun tomosha qilish kerak: Kamida rejissyorning g‘ayrioddiy qarori uchun “bir kadr” effektini yaratish, kamera go‘yo qahramonlarni doimo kuzatib borayotgandek tuyulishi kerak. Bu ishtirok etish hissini kuchaytiradi, tomoshabin qahramonlar yonida turgandek bo‘ladi. Xuddi shunday, masalan, “Berdmen” filmi suratga olingan. Shuningdek, filmda urush hech qanday bezaklarsiz ko‘rsatilgan: askarlar hayot va o‘lim haqida surbetlarcha mulohaza yuritishadi, kalamushlar chiriyotgan tanalar bo‘ylab yuguradi, atrofda kuygan tuproq. Qahramonlarning o‘zlari ham qandaydir universal askarlar emas, balki kechagi o‘smirlar bo‘lib, ularga nufuzli kollejning kir va qonga botgan harbiy kiyimlari ko‘proq mos keladi. Senariy muallifi va rejissyor Sem Mendesning so‘zlariga ko‘ra, “1917” qisman haqiqiy voqealarga asoslangan: syujetga Birinchi jahon urushi ishtirokchisi bo‘lgan bobosi tomonidan sahnalashtiruvchiga aytib berilgan hikoyalar kiritilgan.
Oddiy askar Rayanni qutqarish
Chiqarilgan yili: 1998-yil
Rejissyor: Stiven Spilberg
Bosh rollarda: Tom Xenks, Tom Sayzmor, Mett Deymon
Davomiyligi: 2 soat 49 daqiqa
Syujeti: Ikkinchi jahon urushi paytida qurolli kuchlar shtabida mashinistka ma’naviy jihatdan og‘ir ish bilan shug‘ullanadi - u AQSH Mudofaa vazirligi nomidan halok bo‘lgan jangchilarning qarindoshlariga yuboriladigan o‘lim haqidagi namunaviy xabarlarni tuzadi. Bir kuni ayol g‘alati narsani payqab qoladi: Rayan familiyasi bir necha marta uchraydi. Yetkazib berish manzili ham bitta - bu ona bir vaqtning o‘zida bir nechta dahshatli xabarlarni olishini anglatadi. Vaziyatdan xabar topgan harbiylar halok bo‘lmagan, balki Fransiyada bedarak yo‘qolgan deb hisoblangan to‘rt kishidan yagona Rayanni topib, uyiga jo‘natishga qaror qilishadi. Qidiruv uchun Normandiyadagi plyajga hujum paytida zo‘rg‘a omon qolgan kichik otryad ajratiladi. Ular oddiy Rayanni topish uchun bosib olingan yerlar bo‘ylab katta yo‘lni kechishlariga to‘g‘ri keladi.
Nima uchun tomosha qilish kerak: Stiven Spilberg urush haqidagi eng dramatik va keng ko‘lamli filmlardan birini suratga oldi. Filmni ortiqcha qahramonlik va syujetning ehtirosliligi uchun tanqid qilish mumkin, ammo aka-uka Nilandlarning haqiqiy tarixi asos qilib olingan va kartina ijodkorlari aynan shu holatga tayanishgan. Film urushni boricha ko‘rsatishga harakat qiladi: hamma joyda o‘lim, qon, ifloslik va sodir bo‘layotgan voqealarning umumiy adolatsizligi. Qahramonlar evolyutsiyasini kuzatish ham qiziqarli: ba’zi jangchilar topshiriqni bajarish istagi bilan umuman yonmaydilar - axir ularning ham oilalari bor, lekin nima uchundir aynan Rayan uyga chipta oldi. Bu sifatli, qimmat va uzoq davom etadigan drama bo‘lib, voqealar jarayonida ko‘plab murakkab mavzular va savollar ko‘tariladi.