РУ
O’Z
UZS
/
/
Avval va hozir: “Abdullajon” filmi aktyorlari 33 yilda qanchalik oʻzgardi?
25.10.2024

Avval va hozir: “Abdullajon” filmi aktyorlari 33 yilda qanchalik oʻzgardi?

Avval va hozir: “Abdullajon” filmi aktyorlari 15 yilda qanchalik oʻzgardi?

Rejissyor Zulfiqor Musoqovning eng mashhur asari sifatida tilga olinadigan serial 1991-yilda tasvirga olingan. Kartina ssenariysini Rixsivoy Muhammadjonov yozgan.

“Abdullajon” filmi 1991-yilda rejissyor Zulfiqor Musoqov tomonidan suratga olingan. Birinchi oʻzbek ilmiy fantastik filmini koʻplab tanqidchilar oʻzbek kinosidagi eng sara film oʻlaroq baholaydi.

Filmda taniqli ijodkorlar: Shuhrat Qayumov, Rajab Adashev, Toʻti Yusupova, Toʻychi Oripov, Javlon Hamroyev va Hojiakbar Nurmatovlar rol ijro etgan.

Toping.uz muharrirlari serial aktyorlarining 33 yil ichida qanchalik oʻzgarganiga qiziqdi va ularning avvalgi hamda hozirgi suratlarini bitta maqolaga jamladi. Kelgusi 10 daqiqa vaqtingizni maroqli oʻtkazasiz, degan umiddamiz.

Shuhrat Qayumovning (Abdullajon) “Illusion Pictures” nomli oʻz prodyuserlik kompaniyasi bor va u 2003-yildan buyon xorij kinokompaniyalari bilan hamkorlikda filmlar suratga olmoqda.

1964-yili Rajab Adashev (Bozorboy) “Oʻzbekfilm” kinostudiyasi aktyoriga aylanadi, 1970-yili esa Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr va sanʼat institutining aktyorlik fakultetini tamomlaydi. Oʻzining aktyorlik faoliyati davomida 60 dan ziyod filmlarda suratga tushgan.

Toʻti Yusupova (Xolida) 2022-yilda Toshkent shahrida vafot etdi. Qahramonlari xarakterining ijtimoiy va psixologik jihatlarini chuqur ocha bilish, ularni ruhiy goʻzallik va hayotbaxshlilik ruhi bilan taʼminlash, obraz mohiyatini muhit bilan uzviylikda olib borish aktrisa ijodiga xos.

Oʻzbekiston xalq artisti, marhum Toʻychi Oripov (Rais ota) 2015-yil 12-iyun kuni 91 yoshida vafot etgan. Uning yaratgan obrazlari hayotiy, ifoda vositalari aniq va ishonarli boʻlib, qahramonlarining ichki dunyosi, maʼnaviy holati va harakterini toʻliq ochishga intiladi.