“Hukmdor Usmon”ga o‘xshash 5 ta eng mashhur seriallar


Agar siz “Hukmdor Usmon” serialini tomosha qilib, hali ham uning ta’siridan chiqa olmayotgan bo‘lsangiz va final sahnalarini xayolingizda qayta-qayta aylantirsangiz, unda shunga o‘xshash boshqa tarixiy va dramatik seriallar ham sizga yoqishi aniq. Siz uchun eng mashhur va yuqori reytingli seriallar ro‘yxatini tuzdik!
“Hukmdor Usmon”dan keyin nima tomosha qilish mumkin?
Muhtasham yuzyil (2011-2014)
Fasllar: 4
Rollarda: Halit Ergench, Meryem Uzerli, Nur Fettahuglu, Mehmet Gyunsur, Nebahat Chehre, Selma Ergech, Okan Yalabik, Selen Ozturk
Kinopoisk reytingi: 8.2
Syujet:
Serial tarixiy voqealarga asoslangan bo‘lib, Usmoniylar sulolasi hukmdori Sulton Sulaymon I davridagi hayotni tasvirlaydi. Uning qaramog‘iga kelgan ukrainalik qiz Aleksandra keyinchalik Xurram ismini olib, sultonning eng sevimli ayoliga aylanadi. Ammo bu yo‘lda u saroy fitnalari va qiyinchiliklarni yengib o‘tishi kerak bo‘ladi.
Ertugrul (2014-2019)
Fasllar: 5
Rollarda: Engin Altan, Hyulya Darjan, Jengiz Joshkun, Nurettin Syonmez, Jelal Al, Hakan Serim, Edip Zeydan, Ayberk Pekjan, Esra Bilgich
Kinopoisk reytingi: 8.5
Syujet:
“Hukmdor Usmon”ga eng yaqin bo‘lgan seriallardan biri Ertugrul G‘ozi haqida hikoya qiladi. U Osmon I ning otasi bo‘lib, turk-o‘g‘uz qabilalarining yetakchisi hisoblangan. Tarixda g‘arbiy Kichik Osiyoni zabt etgan, keyinchalik esa Usmoniylar imperiyasining asos solinishiga zamin yaratgan shaxs sifatida tanilgan. Serialda qonli janglar, fitnalar va buyuk sevgi hikoyalari mavjud.
Afsona (2021)
Fasllar: 1
Rollarda: Ebru Shahin, Edip Tepeli, Selim Bayraktar, Deniz Barut, Ipek Karapinar, Burak Tozkoparan, Buse Meral, Ahmet Olgun Syunear
Kinopoisk reytingi: 7.9
Syujet:
Bu serial tog‘larda ulg‘aygan Akkiz ismli qiz haqida hikoya qiladi. Uning oilasi yo‘qotilgan, shu sababli u hayot uchun kurashishni, o‘zini boqishni va dushmanlariga qarshi turishni o‘rganadi. Akkiz bolaligida oilasini yo‘q qilgan qotildan qasos olishga ahd qiladi. Ammo taqdir uni eng katta dushmanining o‘g‘liga oshiq qiladi va uning hayoti butunlay o‘zgarib ketadi.
Alp Arslon: Buyuk Saljuqiylar (2021-2023)
Fasllar: 2
Rollarda: Barish Arduch, Ayshagul Yunsal, Kutay Sungar, Burak Shafak, Onur Aychelik, Mehmet Ozgyur, Betul Chobanoglu, Shohin Chelik
Kinopoisk reytingi: 8.3
Syujet:
Serial XI asrda yashagan Saljuqiylar imperiyasi sultoni – Alp Arslon hayotiga asoslangan. U katta imperiyani kengaytirgan va tarixiy janglarda ishtirok etgan. Alp Arslon o‘z hayotida xiyonatlar, fitnalar va akasi Sulaymon bilan kurash olib borishi kerak bo‘ladi. Unga esa bolaligidan ko‘rinadigan bashoratli tushlar yo‘l ko‘rsatadi.
Mehmed: Sulton Jahongir (2024)
Fasllar: 2
Rollarda: Serkan Chayog‘lu, Selim Bayraktar, Sechkin O‘zdemir, Sinan Albayrak, Tuba Unsal, Esila Umut, Ertug‘rul Posto‘g‘lu
Kinopoisk reytingi: 7.9
Syujet:
Mehmed II Usmoniylar imperiyasining taxtini egallab, buyuk hukmdorlar yo‘lini davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. U hali yoshligida ham butun imperiyada mashhur bo‘lib, Konstantinopolni zabt etadi va “Jahongir” (G‘alabakor) laqabini oladi. Ammo bu faqat uning tarixidagi kichik bir qism edi. Mehmed o‘z ichida ikkita shaxsiyatni mujassamlashtirganini isbotlaydi: biri – kuchli jangchi, ikkinchisi – ruhiyati yuksak inson. Uning eng yaqin maslahatchisi esa payg‘ambar Muhammadning bayroqdori Ayub al-Ansoriy bo‘ladi.