1
РУ
O’Z
UZS
/
/
Bloger Dilime Porsche Taycan elektromobilini yoqib yubordi
04.09.2025

Bloger Dilime Porsche Taycan elektromobilini yoqib yubordi

Bloger Dilime Porsche Taycan elektromobilini yoqib yubordi

Taniqli bloger Dilime o‘zining Porsche Taycan elektromobilini yoqib yuborayotgani tasvirlangan videoni tarqatdi. Ushbu video obunachilar orasida keng tanqidga sabab bo‘ldi.

Izoh qoldirganlar ta’kidlashicha, bloger mashinani yoqib yuborish o‘rniga uni sotib, tushgan mablag‘ni xayriya ishlariga, misol uchun bemorlarni davolashga sarflashi mumkin edi.

Voqea ijtimoiy tarmoqlarda katta muhokamalarga sabab bo‘lib, foydalanuvchilar bunday harakatni isrofgarchilik va jamoatchilikka nisbatan hurmatsizlik sifatida baholashmoqda. Ayrimlar esa buni shunchaki kontent uchun qilingan keskin PR usuli deb hisoblamoqda.

Hozircha blogerning o‘zi ushbu qarorga nima sabab bo‘lganini ochiqlamadi. Mutaxassislar esa bunday videolar jamiyatda ikki xil kayfiyat uyg‘otishi, bloger obunachilarini yo‘qotishi yoki aksincha, mashhurligini yanada oshirishi mumkinligini ta’kidlashmoqda.

Bu qiziq

Mavsumni qo‘ldan boy bermang
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.