17.08.2025
Bred Pitt ishtirokidagi “Formula-1” onlayn-relizining sanasi ma’lum bo‘ldi


Muallif
Shohzamon Shuhratov
“Formula-1” poyga blokbasteri 22-avgust kuni xorijiy onlayn-kinoteatrlarda namoyish etiladi. Bu ma’lumot WhenToStream portalida e’lon qilindi.
Apple Studios filmi iyun oyi oxirida ekranlarga chiqdi va jahon bo‘ylab 579 million dollar daromad keltirdi. “Formula” shuningdek, bosh rol ijrochisi Bred Pittning karyerasidagi eng katta muvaffaqiyatga erishgan loyihaga aylandi.
Film syujeti sobiq poygachi Sonni Xeys (Pitt) haqida bo‘lib, u “Formula-1”ning istiqbolli ishtirokchisi Joshua Pirs (Demson Idris) uchun murabbiylik qilishni boshlaydi.
Filmda Xaver Bardem va Kerri Kondon ham rol ijro etgan. Rejissyor vazifasini Jozef Kosinski (“Top Gan: Meverik”) bajargan.