“Chegarasiz sevgi”: 2023-yilgi turk “Brigadasi” haqidagi fikrlar


“Chegarasiz sevgi” – Turkiya va boshqa mamlakatlarda ulkan mashhurlikka erishgan seriallardan biri. Serial hikoyasi qiziqarli bo‘lib, jinoyat dramasi janrining barcha muxlislariga yoqishi aniq. Bosh rollarni yosh va umidli yulduzlar ijro etgan, tomoshabinlarning baholari esa juda umidbaxsh. “Chegarasiz sevgi” serialiga yozilgan eng yaxshi fikrlarni jamladik.
“Chegarasiz sevgi” haqida tomoshabinlar fikri
Qaysi serialga o‘xshaydi? Ko‘plab kinosevarlar “Chegarasiz sevgi”ni Rossiyaning 2000-yillardagi Sergey Bezrukov bosh rolni ijro etgan “Brigada” seriali bilan solishtirishadi. Asosiy mavzular: mafiya, muhabbat, pul, qotillik, fitna va tergovlar.
Bosh qahramonlar: Bu alohida muhokama qilinadigan mavzu bo‘lib, ko‘plab ijobiy fikrlarning asosiy sabablaridan biri hisoblanadi. Ayniqsa, tomoshabin ayollar bosh qahramon – turk macho yigit Halil (Deniz Jan Aktash)ning jozibasini yuqori baholashgan. Aynan u serialda adolat uchun kurashadi va yo‘lida nafaqat qiyinchiliklar va raqiblarni, balki sevgini ham uchratadi.
Syujet: Fikr bildiruvchilar serialning dastlabki qismlari biroz sust va zerikarli bo‘lib tuyulishi mumkinligini ta’kidlashadi. Ammo bu shunchaki birinchi taassurot. 3-qismdan boshlab “Chegarasiz sevgi” juda dinamik tus oladi va uni yana va yana tomosha qilish istagi paydo bo‘ladi.
Bunga sabab – sarguzashtlarga boy syujet, jasur qahramonlar, oilaviy qadriyatlar, do‘stlik qoidalari, turk mentaliteti va urf-odatlariga ishora qiluvchi epizodlar.
Sevgi qissasi: bu jihat ham yuqori darajada – osh qahramonning sevgilisi o‘zining samimiyligi va yumor tuyg‘usi bilan tomoshabinlarni rom etadi. Bu juftlikni tomoshabinlar zavq bilan kuzatadi va bunday munosabatlarni ko‘rgach, chinakam muhabbatga ishonish istagi tug‘iladi.
Tasvir: serial yorqin va “mazali”: manzaralar go‘zal, dekor va aktyorlarning liboslari eng so‘nggi moda trendlariga mos tanlangan.
Kamchiliklari: “Chegarasiz sevgi” haqidagi salbiy fikrlar orasida eng ko‘p uchraydigan kamchiliklar – syujetning haddan tashqari “qonxo‘rligi” va zo‘ravonlik sahnalari ko‘pligi. Shu bois, juda ta’sirchan odamlarga bu serialni tomosha qilmaslik va uni bolalarga ko‘rsatmaslik tavsiya etiladi.
Agar “Chegarasiz sevgi” olamiga sho‘ng‘ishga tayyor bo‘lsangiz, serial treylerini tomosha qilishni tavsiya qilamiz. U barcha savollaringizga javob beradi va bu turk hitini ko‘rish kerakmi yoki yo‘qligini aniqlab olishingizga yordam beradi.