Darren Aronofski Duayn Jonson bilan triller sahnalashtiradi


“Orzudagi rekviyem” va “Qora oqqush” muallifi Darren Aronofski A24 studiyasining yangi psixologik trilleri “Breakthrough”ga rejissyorlik qiladi. Kartinada bosh rolni Dueyn Jonson ijro etadi.
Syujet xarizmatik motivatsion guru (Jonson) ta’siriga tushib qolgan yosh yigit haqida hikoya qiladi. Tez orada voqealar qayg‘uli tus oladi.
TelecomTV xizmatiga 7 kunlik bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.
Quyidagi tugmani bosing va hoziroq boshlang!

“Yorib o‘tish” ssenariysini Zig Gudman (“Shafqatsiz o‘yinlar”) yozgan. Aniq chiqarish sanasi noma’lum. Aronofski va A24 uchun bu “Oskar” mukofotiga sazovor bo‘lgan “Kit”dan keyingi ikkinchi qo‘shma loyiha bo‘ladi.
Avgust oyida postanovkachi o‘zining yangi “O‘g‘irlikda qo‘lga tushish” kriminal trillerini chiqaradi.