06.03.2025
                                                    (yangilandi 13.03.2025)
                                            
                    
                Diyora Keldiyorova heyterlariga kutilmagan javob qaytardi
 
                 
                            
                                                                Muallif
                        
                                                                                    Shohzamon Shuhratov
                                                                        Dzyudo bo‘yicha Olimpiada chempioni Diyora Keldiyorova uning yutuqlariga negativ munosabatda bo‘ladiganlarga javob qaytardi.
Foydalanuvchilardan biri sportchiga atigi bitta oltin medali borligi haqida yozib qoldirgan. Diyora esa bunga trend video asosida javob bergan.

Ushbu trend xonanda Lola tomonidan yo‘lga qo‘yilgandi. Unga muxlisi bittagina mashhur qo‘shig‘i borligini aytgan, Lola esa sizdachi ikkitami deb so‘ragan.
Xuddi shunday, Keldiyorova ham o‘sha ovozdan foydalanib, heyterga javob qaytargan. Lola esa bu videoni ko‘rib, unga yog‘ganini bildirib, izoh yozgan.
 
             
         
         
         
     
         
         
         
         
         
         
         
         
         
        