верхний на лендинг кино
РУ
O’Z
UZS
/
/
Eron O‘zbekistonning JCH-2026 saralashidagi yakuniy o‘rnini belgilab berdi
11.06.2025

Eron O‘zbekistonning JCH-2026 saralashidagi yakuniy o‘rnini belgilab berdi

Eron O‘zbekistonning JCH-2026 saralashidagi yakuniy o‘rnini belgilab berdi

Eron terma jamoasi o‘ninchi tur yakuniga ko‘ra JCH-2026 saralash guruhi g‘olibiga aylandi.

image

Kino va seriallarni 7 kun bepul tomosha qiling

icon

Osiyo saralashining 1-guruh so‘nggi turida eronliklar KXDR jamoasini qabul qildi va 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.

67-daqiqada mehmonlar futbolchisi Kxe Tam maydondan chetlatildi. Shundan so‘ng, maydon egalari uchta gol urishdi. Uchrashuvning 75-daqiqasida Muhammadmehdi Mohebi hisobni ochgan bo‘lsa, 78-daqiqada Mehdi Taremi oradagi farqni ikkitaga etkazib qo‘ydi.

Shu tariqa, eronliklar 23 ochko jamg‘arib, marraga birinchi bo‘lib yetib keldi. O‘zbekiston 21 ball bilan 2-o‘rinni egallab turibdi.
1-guruhdagi yakuniy holat:

  • Eron — 23 ochko;
  • O‘zbekiston — 21 ochko;
  • BAA — 15 ochko;
  • Qatar — 13 ochko;
  • Qirg‘iziston — 8 ochko;
  • KXDR — 3 ochko.

Eslatib o‘tamiz, ushbu guruhdan Jahon chempionatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri Eron va O‘zbekiston terma jamoalari yo‘l oldi.

Bu qiziq

нижний на лендинг кино
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.