РУ
O’Z
UZS
/
/
Qanday qilib qahvani farqlashni boshlash mumkin: buning uchun 10 ta oddiy qadam
16.12.2024 (yangilandi 22.01.2025)

Qanday qilib qahvani farqlashni boshlash mumkin: buning uchun 10 ta oddiy qadam

Qanday qilib qahvani farqlashni boshlash mumkin: buning uchun 10 ta oddiy qadam

Qahva – xuddi yeyiladigan atir kabi o‘ziga xos va noodatiy xususiyatlarga ega, shuningdek anjir, rezavorlar, karamel va boshqa notalar bilan boy ichilmlikdir. Dunyoning eng mashhur ichimligining farqiga borishni o‘rganamiz va “arabika” yoki “robusta” degan so‘zlarni eshitganda uyalib qolmaymiz.

Qahvaning farqiga borish: nazariyasi

Mamlakatlarga ko‘ra

Dunyoda 4 ta asosiy qahva eksport qiladigan mamlakatlar bor: Kolumbiya, Braziliya, Vyetnam va Indoneziya. Ammo boshqa navlar ham mavjud.

Braziliya qahvasi – kuchli va yengil yong‘oq ta’mi bilan.

Gvatemala – gullar va ziravorlar notalari bilan.

Hindiston – kuchli va shokoladli notalar bilan.

Keniya – yoqimli nordon ta’mga ega.

De'Longhi kofemashinasi
De'Longhi kofemashinasi
Funksional va uslubiy
Toshkent bo'ylab yetkazib berish xizmati bilan

6 000 000 UZS

-20%% Siz uchun
4 990 000 UZS
Sotib olish

Turlariga ko‘ra

Qahva turlarining soni ko‘p, ammo ichish uchun maqbul bo‘lganlari ikkita: arabika va robusta.

Arabika yumshoq va boy ta’mga ega, u o‘zining yengil qahva donalari va nisbatan kamroq kofein miqdori bilan ajralib turadi. Ushbu nav qahvaga yoqimli nordon ta’m beradi.

Robusta esa, ta’mi kamroq, achchiqroq, zichroq kremga ega va kofein miqdori yuqoriroq bo‘ladi.

Qovurilish darajasiga ko‘ra

Yengil qovurilgan qahva nordon va keskin ta’m beradi.

Qoraytirilgan qahva esa zichroq va boyroq ta’mga ega.

Haddan tashqari qovurilgan donalarda ko‘mir ta’mi paydo bo‘ladi. Qahvaning aromati va ta’mi faqat qovurilish darajasiga emas, balki naviga ham bog‘liq ekanligini ham unutmaslik kerak.

De'Longhi kofemashinasi
De'Longhi kofemashinasi
Funksional va uslubiy
Toshkent bo'ylab yetkazib berish xizmati bilan

6 000 000 UZS

-20%% Siz uchun
4 990 000 UZS
Sotib olish

Maydalash turiga ko‘ra

Qahva uch xil maydalikda bo‘ladi: yirik, o‘rta va mayda.

Mayda turi turk qahvasi tayyorlash uchun mos keladi.

O‘rta turi – rojok tipidagi kofevarkalar uchun.

Yirik maydalangan turi esa french-pressi uchun mos keladi.

Tayyorlash jarayoniga ko‘ra

Qahva tayyorlashning ko‘plab usullari mavjud, bu ichimlikning barcha imkoniyatlarini ochib beradi. Shu bilan birga, qaysi usul sizga mos kelishini bilib olasiz va o‘zingizni qahva dunyosida yangilikka intiluvchi yoki konservator ekanligingizni aniqlaysiz.

Qahvani nimada tayyorlash yaxshiroq? Bu turka, geyzerli yoki kapsulali kofevarka, french-press, kemeks yoki aeropress bo‘lishi mumkin. Lekin eng qulayi – kofemashina, ayniqsa, hozirda ularning hamyonbop variantlaridan tortib premiumgacha bo‘lgan ko‘plab turlari mavjud.

De'Longhi kofemashinasi
De'Longhi kofemashinasi
Funksional va uslubiy
Toshkent bo'ylab yetkazib berish xizmati bilan

6 000 000 UZS

-20%% Siz uchun
4 990 000 UZS
Sotib olish

Qahvaning farqiga borish: amaliyoti

Tatib ko‘rishni boshlang

Buning uchun yaxshisi turli qahva turlarini oddiy kafelarda emas, balki maxsus qahvaxonada tatib ko‘rishingizni tavsiya qilamiz. Aynan o‘sha yerda qahvani to‘g‘ri tayyorlashga bo‘lgan yondashuv, qahva donlarining yaxshi tanlovi va to‘g‘ri qovurilishini (yengil yoki o‘rtacha) barafsil ko‘rishingiz mumkin. Faqat qahvani haqiqiy ta’mini tushunish uchun uni suyuq qaymoq, sirop yoki marshmellou bilan emas, sof ichimlik sifatida iching.

Yaxshi qahvaxonaning belgisi: qahva donlari paketlari ko‘rinadigan joyda turadi, menyuda sutsiz qahva variantlari va alternativ tayyorlash usullari (filtr, aeropress, kemeks) mavjud, baristalar esa qahva haqidagi har qanday savolga javob bera oladi.

Sirop va sutdan voz keching

Qo‘shimcha topinglar va boshqa qahvaga qo‘shiladigan qo‘shimchalar uning haqiqiy ta’mini so‘ndiradi. Agar maqsadingiz qahvaning farqiga borishni o‘rganish bo‘lsa, filtr yoki V-60 voronkasi orqali tayyorlangan faqat qora qahva: espresso, americano ichib ko‘ring. Yodingizda tuting: sifatli qahva achchiq emas, nordon va yengil shirin ta’m beradi.

De'Longhi kofemashinasi
De'Longhi kofemashinasi
Funksional va uslubiy
Toshkent bo'ylab yetkazib berish xizmati bilan

6 000 000 UZS

-20%% Siz uchun
4 990 000 UZS
Sotib olish

Qahva ustidan hech narsa iste’mol qilmang

Tort, chizkeyk yoki shirinlik – albatta yaxshi fikr, ammo qahvaning farqiga borishni o‘rganayotgan vaqtda emas. Qora qahvani soat 16:00 gacha ichgan ma’qul, deya ovqatlanish bo‘yicha mutaxassislar va Yevropa olimlari tavsiya qiladi.

Ta’m biluvchi retseptorlaringizni mashq qiling

Qahva turlarini farqiga borishning bir necha mashqlari mavjud. Bir nechta qahva navini sotib oling, ularni tayyorlang va kichik chashkalarga quyib chiqing. Har bir chashkadan bir qultum iching, barcha ta’m nozikliklarini his qilishga harakat qiling. Kuzatishlaringizni daftarga yozib boring. Vaqt o‘tgan sari ta’mni ajrata bilish qobiliyatingiz rivojlanadi.

Bir navga bog‘lanib qolmang

Turli ishlab chiqaruvchilarning qahvalarini tatib ko‘ring, uni uyda tayyorlashni o‘rganing, turli usullarda qahvaxonada buyurtma bering – bularning barchasi nafaqat ichimlikning ta’m va aromatini yaxshi tushunishga, balki o‘zingizga yoqadigan qahva turini topishga yordam beradi.

Qahva – bu sizning shaxsiy profilingiz. Masalan: shirinlikni yaxshi ko‘ruvchi qahva ixlosmadlar odatda Efiopiya qahvasini yoqtiradi. Kimdir Keniyaning mevali nordon ta’miga oshufta, kimdir esa Kolumbiyaning chuqur va klassik ta’mini afzal ko‘radi. Qiziqib qoldingizmi? Qahvani tushunishni boshlang va o‘zingiz uchun eng yaxshisini kashf qiling!

De'Longhi kofemashinasi
De'Longhi kofemashinasi
Funksional va uslubiy
Toshkent bo'ylab yetkazib berish xizmati bilan

6 000 000 UZS

-20%% Siz uchun
4 990 000 UZS
Sotib olish

Qanday qilib qahva donalarini tanlash kerak? 5 ta usul

  • Faqat “biografiyasi” bor qahva qadoqlarini tanlang. Qadoq yorlig‘ida ishlab chiqaruvchi, nav, kuchlilik darajasi va ichimlikning ta’m xususiyatlari haqida to‘liq ma’lumot bo‘lishi kerak.
  • Defekt, bukilish va teshiklari bo‘lgan qadoqlarni sotib olmang. Agar haqiqatan ham qahva bilarmoni bo‘lishni istasangiz, “Wildberries” kabi saytlar orqali yoki oddiy supermarketlardan qahva xarid qilmang.
  • Ishlab chiqarilgan (qovurilgan) sanasini tekshiring. Qahvaning qovurilgan va qadoqlangan sanasiga e’tibor bering. Shuningdek, uning saqlash muddatini o‘rganib chiqing.
  • Qahvani “zahira”ga sotib olmang. Qahvani kilogrammlab xarid qilmang – bu grechka emas. Qahva havo ta’sirida tezda o‘z ta’mini yo‘qotadi.
  • Barista bilan maslahatlashing. Agar qahvani maxsus qahvaxonadan sotib olayotgan bo‘lsangiz, nimani kutayotganingizni baristaga aytib bering va qahva doni, tayyorlash usullari yoki qovurilish haqida istalgan savollarni bering. Bu sizga qahvaning farqiga borishni tezroq o‘rganishga yordam beradi.

De'Longhi kofemashinasi
De'Longhi kofemashinasi
Funksional va uslubiy
Toshkent bo'ylab yetkazib berish xizmati bilan

6 000 000 UZS

-20%% Siz uchun
4 990 000 UZS
Sotib olish

Agar jarayondan juda ilhomlanib, uyingizda barista bo‘lib ko‘rmoqchi bo‘lsangiz, yoki kofemashina sotib olishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, quyida $680 gacha bo‘lgan byudjetli va sifatli modellardan bir nechtasini ko‘rib chiqing. Ofis, qahvaxona yoki nufuz va sifatni qadrlaydigan inson uchun sovg‘a sifatida esa premium darajadagi mashinalarni tanlashingiz mumkin.

Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.