верхний кино
РУ
O’Z
UZS
/
/
Karbonara, bolonyeze va boshqalar: Italiyaning eng zo‘r pasta retseptlari
02.05.2025

Karbonara, bolonyeze va boshqalar: Italiyaning eng zo‘r pasta retseptlari

Karbonara, bolonyeze va boshqalar: Italiyaning eng zo‘r pasta retseptlari

Italiya oshxonasi – bu nafaqat pizza va rizotto, balki, albatta, dunyoga mashhur pastasidir. Har bir mintaqada o‘ziga xos pasta turi, tayyorlash usuli va sousi mavjud. Bugun biz italyan gastronomiyasi olamiga sho‘ng‘ib, besh xil taom tayyorlaymiz: karbonarabolonyezekrevetkali pasta, qo‘ziqorinli fetuchini va nafis trufelli pasta. Agar siz sinovdan o‘tgan pasta retseptlarini izlayotgan bo‘lsangiz – bu matnimiz aynan siz uchun!

image

Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!

icon

Karbonara pastasi – Rim oshxonasining klassikasi

Karbonara pastasi – bu qaymoqsiz, lekin qaymoqli ta’mga ega nozik taom. Ha, to‘g‘ri eshitdingiz! Asl karbonara qaymoqsiz tayyorlanadi – faqat tuxum sarig‘i, pishloq va dudlangan go‘sht bilan.

Спагетти карбонара: классический рецепт со сливками

Masalliqlar:

  • Spagetti – 200 g
  • Tuxum sarig‘i – 3 dona
  • Pekorino romano yoki parmezan – 50 g
  • Guanchale (yoki dudlangan go‘sht, bekon) – 100 g
  • Qora murch – ta’bga ko‘ra
  • Tuz – ta’bga ko‘ra

Tayyorlanishi:

1. Pastani “al dente” holatida qaynatib olamiz.

2. Guanchaleni kubik qilib to‘g‘rab, qizarguncha qovuramiz.

3. Tuxum sarig‘ini maydalangan pishloq va murch bilan aralashtiramiz.

4. Qaynoq pastaga guanchale qo‘shamiz, olovdan olib, tuxumli aralashmani qo‘shamiz – u tovaning issig‘idan quyuqlashishi kerak.

5. Dasturxonga darhol, ustiga yana ozgina pishloq sepib uzatamiz.

Bu karbonara pastasi butun oila a’zolari uchun sevimli kechki ovqatga aylanadi!

Bolonyeze pastasi – har bir luqmasida Italiya ifori mavjud

Bolonyeze pastasi – dunyodagi eng mashhur retseptlardan biri. To‘yimli go‘shtli sous, xushbo‘y ziravorlar va uzoq pishgan ta’m uni millionlab kishilarning sevimli taomiga aylantirgan.

Спагетти Болоньезе: Классический рецепт от Шефмаркет!

Masalliqlar:

  • Qiyma (mol + cho‘chqa yoki faqat mol) – 300 g
  • Piyoz, sabzi, selderey – har biridan 1 dona
  • Pomidor pastasi – 2 osh qoshiq
  • Pomidor pyuresi – 200 ml
  • Qizil quruq vino – 100 ml
  • Sarimsoq, dafna yaprog‘i, oregano – ta’bga ko‘ra
  • Spagetti yoki boshqa turdagi pasta – 250 g
  • Tuz, murch – ta’bga ko‘ra

Tayyorlanishi:

1. Sabzavotlarni mayda to‘g‘rab, qovuramiz.

2. Qiymani qo‘shib, suvi bug‘lanib ketguncha pishirishda davom etamiz.

3. Vino quyib, keyin pomidor pastasi, pyure va ziravorlarni qo‘shamiz.

4. Past olovda 40-60 daqiqa dimlaymiz.

5. Pastani sous bilan aralashtirib, ustiga pishloq sepib dasturxonga tortamiz.

Haqiqiy bolonyeze’ning siri – uzoq vaqt pishirilishidadir!

Krevetkali pasta – dengiz ta’mli yengil taom

Krevetkali pasta – yengillik va nafislikning mukammal uyg‘unligi. Tayyorlanishi juda tez, natijasi esa – restoranlardagidek!

Паста с креветками в сливочном соусе — простой пошаговый рецепт с фото

Masalliqlar:

  • Talyatelle yoki spagetti – 250 g
  • Tozalangan krevetka – 300 g
  • Sarimsoq – 2 bo‘lak
  • 20%li qaymoq – 150 ml
  • Zaytun yog‘i – 2 osh qoshiq
  • Tuz, murch, petrushka – ta’bga ko‘ra

Tayyorlanishi:

1. Krevetkalarni yog‘da sarimsoq bilan har tomonlama 1 daqiqadan qovuramiz.

2. Qaymoq qo‘shib, ozgina qizdirib olamiz.

3. Tayyor pasta  bilan aralashtirib, ustiga ko‘kat sepamiz.

Bu krevetkalili pasta 15 daqiqada tayyor bo‘ladi – ish kunidan keyin ideal kechki ovqat!

Qo‘ziqorinli fetuchini – mehr bilan tayyorlanadigan pasta

Fetuchini – bu yassi, uzun makaron bo‘lib, qaymoqli souslar bilan juda yaxshi moslashadi. Xushbo‘y qo‘ziqorinlar qo‘shilsa – ajoyib kechki ovqatga aylanadi.

Фетучини с курицей и грибами: рецепт от Шефмаркет

Masalliqlar:

  • Fetuchini pastasi – 250 g
  • Qo‘ziqorinlar (shampinyon, veshenka) – 300 g
  • Qaymoq – 200 ml
  • Sarimsoq – 1 bo‘lak
  • Piyoz – 1 dona
  • Zaytun yog‘i – 1 osh qoshiq
  • Tuz, murch – ta’bga ko‘ra

Tayyorlanishi:

1. Qo‘ziqorinlarni piyoz va sarimsoq bilan qizarguncha qovuramiz.

2. Qaymoq quyib, 5-7 daqiqa dimlaymiz.

3. Pastani qo‘shib aralashtiramiz va ustiga pishloq sepamiz.

Bu taom – haqiqiy gastronomik mehr ulashadigan taomdir.

Trufelli pasta – har bir luqmada hashamat

Trufelli pasta – italyan oshxonasidagi eng nafis taomlardan biri. Trufelning o‘ziga xos hidi oddiy pastani ham o‘zgacha qiladi.

Паста с черным трюфелем

Masalliqlar:

  • Pasta (talyatelle yoki fetuchini) – 200 g
  • Tayyor trufelli sous – 2-3 choy qoshiq
  • Qaymoq yoki sariyog‘ – 100 ml
  • Parmezan – ta’bga ko‘ra
  • Tuz – ta’bga ko‘ra

Tayyorlanishi:

 1.     Pastani “al dente” holatida qaynatib olamiz.

2. Trufelli sousni qizdirilgan qaymoq yoki yog‘ bilan aralashtiramiz.

3. Pastani qo‘shib, aralashtiramiz.

4. Ustiga maydalangan pishloq sepib dasturxonga tortamiz.

Haqiqiy trufelli pasta ko‘p masalliq talab qilmaydi – asosiy narsa bu – uning iforidir.

Endi siz karbonara, bolognese, krevetkali pasta, qo‘ziqorinli fetuchini va trufelli pastani qanday tayyorlashni bilasiz. Ularning har biri – oddiy spagetti karbonaradan tortib, nafis trufelgacha pastaning boyligi va xilma-xilligini ochib beradi. Uydan chiqmay turib, Italiya ta’mini totib ko‘ring!

Bu qiziq

Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!
Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.