верхний на лендинг кино
РУ
O’Z
UZS
/
Pul
/
1-sentyabrdan YTTlar zargarlik buyumlari savdosi bilan shug‘ullanishga ruxsat oladi
01.07.2025

1-sentyabrdan YTTlar zargarlik buyumlari savdosi bilan shug‘ullanishga ruxsat oladi

1-sentyabrdan YTTlar zargarlik buyumlari savdosi bilan shug‘ullanishga ruxsat oladi

26-iyun kuni zargarlik mahsulotlarini ishlab chiqarish sohasini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlashga doir prezident qarori imzolandi.

image

Kino va seriallarni 7 kun bepul tomosha qiling

icon

Mazkur qarorga ko‘ra, yillik qimmatbaho metallarni qayta ishlash hajmini 7 tonnaga yetkazish, shuningdek, zargarlik mahsulotlarini eksport qilish ko‘rsatkichlarini 300 million dollargacha oshirish rejalashtirilgan. Bunga qo‘shimcha ravishda, ushbu yo‘nalishdagi norasmiy aylanish hajmini kamida 50 foizga qisqartirish maqsad qilingan.

TelecomTV xizmatiga 7 kunlik bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.
Quyidagi tugmani bosing va hoziroq boshlang!

Endilikda, qimmatbaho metallarni muddatli to‘lov sharti bilan sotishda 90 kun ichida amalga oshirilgan to‘lovlarga foiz hisoblanmaydi. Agar to‘lov 91-kundan 180-kungacha amalga oshirilsa, unga yillik 3 foiz miqdorida foiz hisoblanadi.

Zargarlik markazlarida O‘zbekzargarsanoati uyushmasi va Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasining sayyor xizmat ko‘rsatish bo‘linmalari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Uyushmaga a’zo tadbirkorlar esa a’zolik badalining atigi 50 foizini to‘lashlari mumkin bo‘ladi.

2026-yildan boshlab qimmatbaho metallar va toshlardan tayyorlangan zargarlik buyumlari hamda yarim tayyor mahsulotlar aylanmasiga berilgan QQSdan ozod qilish imtiyozi bekor qilinadi. Shu bilan birga, oltindan tayyorlangan zargarlik buyumlarini chakana sotishda yig‘im undirilmaydi.

Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish yoki ularni realizatsiya qilish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar daromadidan qat’i nazar QQS to‘lovchisi hisoblanadi. Ular uchun 2028-yilgacha har oyning 25-sanasiga qadar QQSning 80 foizi avtomatik tarzda qaytariladi.

Bu qiziq

нижний на лендинг кино
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.