РУ
O’Z
UZS
/
/
Instagram’dagi obunalarni qanday ko‘rish va yashirish bo‘yicha sirlar va maslahatlar
09.11.2024

Instagram’dagi obunalarni qanday ko‘rish va yashirish bo‘yicha sirlar va maslahatlar

Instagram’dagi obunalarni qanday ko‘rish va yashirish bo‘yicha sirlar va maslahatlar

Instagram’da yashirilgan obunalarni ko‘rish imkoniyatlari va cheklovlari, yopiq akkauntlar qanday ishlashi va boshqa joylardan yuklab olingan dasturlaridan ehtiyot bo‘lish kerakligi haqida batafsil aytib beramiz. 

Instagram’da yashirilgan obunalarni ko‘rish mumkinmi? 

Hozirgi kunda Instagram yopiq akkauntlar bo‘lgan foydalanuvchilarning yashirilgan obunalarini ko‘rishga ruxsat bermaydi. Agar siz obunachi bo‘lmasangiz, maxfiylik siyosati sizni o‘tkazib yubormaydi. 

Boshqa foydalanuvchining obunalari yashirilganligini qanday bilish mumkin

Boshqa foydalanuvchining yashirilgan obunalarini aniqlash uchun bir necha oddiy qadamlarni bajarish kifoya: 

1. Sizni qiziqtirgan foydalanuvchining profiliga o‘ting. 

2. Agar “Ushbu akkaunt yopiq” degan yozuvni ko‘rsangiz, demak uning obunalarini ko‘rish uchun obuna so‘rashingiz va tasdiqlanishingiz kerak. 

O‘z obunalarini boshqalardan qanday yashirish mumkin? 

Ha, o‘z obunalarini boshqalardan yashirish uchun akkauntingizni yopiq qilishingiz mumkin. 

Instagram’da obunachilarni qanday yashirish mumkin? 

  • Sozlamalarga o‘ting, profilning yuqori o‘ng burchagidagi uchta gorizontal chiziqqa bosing. 
  • “Maxfiylik” bo‘limini tanlang. 
  • “Yopiq akkaunt”ni yoqing. Endi faqat sizning obunachilaringiz sizning obunalaringizni ko‘ra olishadi.

    Ayfon va androidda bu taxminan quyidagicha ko‘rinishga ega

    Instagram’da odamni bloklash yoki blokdan chiqarish orqali obunalarni ko‘rishni qanday cheklash mumkin?

    Instagram’da odamni bloklash yoki blokdan chiqarish juda oson. Bu odamni “qora ro‘yxatga” qo‘shganingizni faqat siz bilasiz, o‘sha odamga bu haqida hech qanday bildirishnoma kelmaydi. Zo‘r-a! 

    Instagram’da odamni bloklash

Instagram’da odamni blokdan chiqarish

1.  Bloklangan akkaunt sahifasiga o‘ting.

2.  “Sozlamalar va parametrlar”ga (yuqori burchakdagi uchta nuqta) bosing. 

3.  Yangi ochilgan oynada “blokdan chiqarish” tugmasini bosing. Yagona qiyinchilik, bu kerakli akkauntni topish bo‘lishi mumkin. Bu yerda Instagram izlash satridan foydalanib, unda loginni kiritish kerak. 

“Blokdan chiqarish” tugmasini bosgandan so‘ng, amalni tasdiqlang.

Boshqa bir alternativ blokdan chiqarish usuli ham mavjud. Ammo bu holatda bloklangan foydalanuvchi sizni kuzatib borish imkoniyatiga ega bo‘lmasligini ko‘radi. Bu uning profilida aks etadi. Agar buning sizga farqi yo‘q bo‘lsa, bu quyidagicha amalga oshiriladi:  

  • Instagram ilovasiga kiring. 
  • Bloklangan foydalanuvchini topib, uning sahifasiga o‘ting. 
  • Odatda “obuna” yoki “obunalar” tugmasi ko‘rsatiladigan joyda, ko‘k rangda “blokdan chiqarish” tugmasi paydo bo‘ladi. 
  • Uni bosing va amallarni tasdiqlang. Blokdan chiqarish amalga oshirildi!

Yashirilgan obunalarni ko‘rish uchun maxsus xizmatlar bormi? 

Internetda yashirilgan obunalarni ko‘rish imkoniyatini va’da qiladigan turli dasturlar va saytlar mavjud. Lekin, ko‘pincha ular ishonchsiz bo‘ladi. O‘zingizni shaxsiy ma’lumotlaringiz xavfsizligiga zarar yetkazmaslik uchun ularni o‘rnatish haqida yana bir boy o‘ylab ko‘ring!

Как Instagram влияет на развитие рынка накрутки подписчиков? - Praedicatores

Nega boshqa joylardan o‘rnatiladigan dasturlardan ehtiyot bo‘lish kerak? 

Bunday dasturlarni ishlatish Instagram xavfsizlik siyosatini buzishi mumkin, bu esa akkauntingizning avtomatik bloklanishiga olib keladi. Bundan tashqari, bu dasturlar sizning shaxsiy ma’lumotlaringizni xavf ostiga qo‘yishi mumkin. 

Agar hisobingizni xavf ostiga qo‘ymoqchi bo‘lmasangiz, faqat rasmiy kanallar va dasturlardan foydalanishga harakat qiling.