РУ
O’Z
UZS
/
/
Klub futbolining qaytishi: 23-24-noyabr dam olish kunlarining eng jozibali viveskalarini tanlab olamiz
22.11.2024 (yangilandi 22.11.2024)

Klub futbolining qaytishi: 23-24-noyabr dam olish kunlarining eng jozibali viveskalarini tanlab olamiz

Klub futbolining qaytishi: 23-24-noyabr dam olish kunlarining eng jozibali viveskalarini tanlab olamiz

Biz 23-24-noyabr dam olish kunlarida tomosha qilish mumkin bo‘lgan Yevropa chempionatlarining eng yorqin o‘yinlari haqida  so‘zlab o‘tdik. Biroq viveskalar ancha ko‘p, shuning uchun biz dam olish kunlarida o‘tkazib yubormaslik kerak bo‘lgan yana beshta bahsni to‘pladik va Setantadan do‘stlarimiz bilan ushbu o‘yinlar qanday tugashi haqida o‘z fikrlarimizni baham ko‘rdik.

Setanta Sportsda qayerda bo‘lishingizdan qat’i nazar, sport voqealarini tomosha qiling! Qurilmangizda bir vaqtda to‘rttagacha sport o‘yini!

“Bavariya” – “Augsburg”: Kompani to‘dasi uchun yengil sayrmi?

 “Bavariya” boshqa nemis klublariga ikki mavsum davomida chempionlikni orzu qilishlariga qo‘yib berdi va Vensan Kompani “Alyans Arena”ga murabbiylik qilishga kelishi bilan odatiy hukmronligiga qaytdi. To‘g‘ri, ikkinchi o‘rindan besh ochko bilan ko‘tarilish kelgusidagi mumkin bo‘lgan fitnalarni istisno etmaydi, ammo klubning ishonchi va uning mustahkamlik zaxirasi “Leypsig” va kompaniyaga yorqin kelajakni va’da qilmaydi.

Ishchi-dehqonlarning “Augsburg” klubi esa turnir jadvalining ikkinchi yarmida o‘z o‘rnida turganini his qilib, hatto yevrokuboklar hududiga kirishni orzu ham qila olmaydi. Jamoa vaqti-vaqti bilan butun dunyoga mashhur Dortmundning “Borussiya”sini yutib, birinchi qatorga chiqishga muvaffaq ham bo‘ladi. Biroq Nuri Shaxin jamoasini tarkibiga tuzatish kiritish kerak, u hozirgi holatida hatto grand maqomidan uzoq bo‘lgan raqiblari bilan o‘yinlarda ham o‘ziga munosib natijani kafolatlay olmaydi.

“Bavariya” “Augsburg”ga mutlaqo munosib emas. Aftidan, mazkur o‘yinda faqat myunxenliklarning g‘alabasini emas, balki “fuggerlar”ning mag‘lubiyatini ham kutish kerak. Agar bu tomoshani jonli efirda ko‘rishga tayyor bo‘lsangiz, 23-noyabr, shanba kuni soat 00:30 da Setanta Sports 1 ni yoqishni unutmang.

“Borussiya Dortmund” – “Frayburg”: muqarrar durаng uchun da’vomi?

Yuqorida ta’kidlaganimizdek, “Borussiya” mavsum bo‘yicha juda tez harakat qilmoqda. Nuri Shohin hali ham o‘z futbolini yo‘lga qo‘ya olmayapti, o‘yinchilar ham yangi murabbiyning barcha taktik nayranglarini tushunishga unchalik harakat qilmayaptilar. Munosib natijalardan biri – bu Chempionlar ligasiga intilayotgan “Ayntraxt” va “Bavariya”ni birinchi qatordan ta’qib qilayotgan “Leypsig” ustidan g‘alaba qozonish bo‘ldi. Qolganlari esa mutlaqo tasodifiy raqibga yutqazishga tayyor holdagi umumiy beqarorlikdan boshqa narsamas.

“Frayburg” ham unchalik kuchaygani yo‘q, lekin “Qora va sariqlilar”dan bir pog‘ona yuqorida. Klub futbolini qiziqarli deyishga til bormaydi, ammo yevrokuboklar hududida bo‘lishidagi natija jamoaga har qanday usullardan foydalanishga imkon beradi. “Braysgaudagi braziliyaliklar”ga kuchli hujumchi yetishmayapti, shuning uchun “Frayburg”ning deyarli har bir golini shampan vinosi bilan nishonlash mumkin, ammo rahbariyat kam bo‘lsa-da, g‘alabalardan mamnun.

“Borussiya” darajasidagi jamoalar bilan “Frayburg” ko‘pincha o‘yin boshlanishidan oldin durangga rozi bo‘lgan holda himoyada o‘ynaydi. Bunday natijani kutilayotgan o‘yinda ham ko‘rsak, ajablanmagan bo‘lar edik. Aftidan 23-noyabr kuni soat 19:30 da Setanta platformasidagi jonli efirda Bundesliga o‘yinining tomoshasi siz uchun uyqu dori o‘rnini bosishi mumkin.

“PSJ” – “Tuluza”: parijliklar uchun shunchaki uch ochkomi?

Yozda o‘zining asosiy aktivi - Kilian Mbappeni yo‘qotgan Parij klubi o‘zini juda yaxshi his qilmoqda. Jamoa hech bo‘lmaganda hali biron marta ham mag‘lub bo‘lmadi va “Monako”dan olti ochkolik farq bilan jadvalda dadil yetakchilik qilayotgan chempionatda. Jamoaning eng yaxshi hujumchisi tojini Liga 1da o‘nta gol urishga ulgurgan Bredli Barkol egalladi. Chempionlar ligasida “PSJ”ning ahvoli ancha yomon, ammo o‘z uyidagi bahsda, aftidan, jamoa odatdagidek sovrinni olishga tayyor turibdi.

Ma’lumki, chempionat aynan “Tuluza” darajasidagi jamoalar bilan “o‘tkinchi” uchrashuvlarda o‘tkazilayotganligi qanday yaxshi. Klub turnir jadvalining qoq o‘rtasidan joy oldi va asosan quyi darajadagi jamoalarni mag‘lub etadi. Yevrokuboklar hududidagi raqiblar bilan barcha o‘yinlarda “Tuluza”mag‘lub bo‘ldi va parijliklar bilan duel ham bundan mustasno bo‘lishi dargumon.

To‘g‘ri, ba’zida jamoa himoyada juda yaxshi harakat qiladi, lekin bu hujumda halokatli bo‘la oladigan chempionat yetakchisi bilan o‘yinda yordam berishi qiyin masala. 23-noyabr kuni soat 01:00 da Setanta platformasida siz tomosha qiladigan o‘yinda “PSJ” osongina uchta ochkoni qo‘lga kiritishiga hech qanday shubha yo‘q.

Eng yaxshi futbol voqealarini Setanta Sports va setantasports.com saytida tomosha qilishingiz mumkin. Platforma bir vaqtning o‘zida Multiview funksiyasi bilan to‘rttagacha o‘yinni tomosha qilish imkonini beradi.

“Napoli” – “Roma”: Ranieri uchun eng qiyin debyutmi?

Bu mavsumdagi A seriyasi keskin lahzalarni sevuvchilar uchun haqiqiy xazina bo‘ldi. Turnir jadvalida yetakchilik qilayotgan “Napoli” va oltinchi o‘rindagi “Yuventus” o‘rtasidagi farq bor-yo‘g‘i ikki ochkoni tashkil etadi. Mavsum boshida deyarli yengilmasdek tuyulgan neapolitaniyaliklar yaqinda “Atalanta”dan mag‘lubiyatga uchradi.

Chempionlik uchun kurash keskinlashgan ko‘rinadi, chunki “Napoli” ta’qibchilari formaga kirishishda davom etmoqda, yetakchi esa, asosan, quyi toifadagi jamoalar bilan o‘yinlarda ochko to‘playapti. Afsuski, “Roma” uchun hozir u neapolitaniyaliklarga munosib zarba berishga qodir bo‘lgan jamoalardan ko‘ra “ochkolar donori”ga ancha yaqinroq.

Klub mavsum davomida ikkita murabbiyni almashtirishga ulgurdi va “Lester”ni tarixiy chempionlikka olib chiqqan o‘z afsonasi, murabbiy Klaudio Ranierini jamoaga qaytardi. Biroq tajribali mutaxassis hozirda o‘n ikkinchi qatorda turgan rimliklarning bunday jasoratni takrorlashlarida yordam berishi qiyin. Albatta murabbiylik rokirovkasi ayniqsa gap Ranieridek mashhur o‘yinchi haqida borayotgan bir paytda klubga turtki berishi mumkin, lekin biz “Roma” hech bo‘lmaganda chempionatning amaldagi yetakchisiga qarshi o‘yinda durang o‘ynashi uchun bu yetarli bo‘lishiga ham shubha qilamiz.

“Ipsvich” – “Manchester Yunayted”: “MYu” yangi murabbiyining ilk g‘alabasimi?

Agar Klaudio Ranerining debyuti shartlariga faqat hamdardlik bildirish mumkin bo‘lsa, “MYu” o‘yinchilarining yangi murabbiyi Ruben Amorimda vaziyat aksincha. “Manchester”ni xalqaro tanaffus vaqtida qabul qilgan murabbiy klubda qolgan futbolchilar bilan bir necha mashg‘ulot o‘tkazishga muvaffaq bo‘ldi. Debyut uchrashuvini esa “Ipsvich” bilan turnir jadvalining 17-pog‘onasidan o‘tkazishiga to‘g‘ri keladi – hozircha o‘yinchilarni joy-joyiga qo‘yish haqida o‘ylamagan ma’qul.

Angliya premyer-ligasining 11 turida “traktorchilar” faqat bir marta, yaqinda beqaror “Tottenxem” bilan o‘yinda g‘alaba qozongan. Klub jamg‘armalarida durang va mag‘lubiyatlar esa beshtadan. Shubhasiz, APL o‘yini oxirigacha klub elita divizionidagi o‘rnini saqlab qolish uchun kurashadi: 18 qatordagi “Kristal Palas”, masalan, atigi bir ochko kam.

Yangi jamoaning debyutiga qaramay, o‘yin Amorim uchun muammo tug‘dirmaydi. Murabbiylarning rokirovkasi, jamoadagi yaxshi muhit va shu tufayli o‘yinchilar toifasi “Ipsvich”ga imkoniyat qoldirmaydi. Yoki birdan mo‘jiza ro‘y berarmikan? Buni 24-noyabr kuni soat 21.30 da Setanta Sports 1da uzatiladigan jonli efirda kuzatamiz.

Setanta Sportsda qayerda bo‘lishingizdan qat’i nazar, sport voqealarini tomosha qiling! Qurilmangizda bir vaqtda to‘rttagacha sport o‘yini!