верхний на лендинг кино
РУ
O’Z
UZS
/
/
Klublar o‘rtasidagi JCH: “Chelsi” yirik hisobda zafar quchdi, “Los-Anjeles” esa durangga rozi bo‘ldi
25.06.2025

Klublar o‘rtasidagi JCH: “Chelsi” yirik hisobda zafar quchdi, “Los-Anjeles” esa durangga rozi bo‘ldi

Klublar o‘rtasidagi JCH: “Chelsi” yirik hisobda zafar quchdi, “Los-Anjeles” esa durangga rozi bo‘ldi

Klublar o‘rtasida o‘tayotgan Jahon chempionatining 3-turi doirasida navbatdagi ikki bahs o‘tkazildi. D guruhidagi so‘nggi bellashuvlarda “Esperans” – “Chelsi” hamda “Los-Anjeles” – “Flamengo” jamoalari o‘zaro to‘qnash kelishdi.

image

Kino va seriallarni 7 kun bepul tomosha qiling

icon

Londonning “Chelsi” klubi “Esperans”ga qarshi kechgan uchrashuvda ustunlikni qo‘ldan boy bermadi va raqibini 3:0 hisobida yirik mag‘lubiyatga uchratdi. Mazkur o‘yinda Tosin Adarabioyo, Liam Delap hamda Tayrik Jorj raqib darvozasini ishg‘ol qildi.

TelecomTV xizmatiga 7 kunlik bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.
Quyidagi tugmani bosing va hoziroq boshlang!

Guruhning ikkinchi o‘yinida “Los-Anjeles” klubi “Flamengo”ga qarshi saf tortdi. Qizg‘in va dramatik o‘tgan bahsda har ikki jamoa 1:1 hisobida durang natija qayd etdi. Uchrashuvning 84-daqiqasida Denis Buanga hisobni ochgan bo‘lsa, oradan ikki daqiqa o‘tib, “Flamengo” safida Yan javob golini kiritdi.

3-tur yakunlariga ko‘ra, D guruhida “Flamengo” 7 ochko bilan peshqadam bo‘ldi. “Chelsi” esa 6 ochko to‘plagan holda ikkinchi o‘rinni egalladi. Ikkala klub ham keyingi bosqichga yo‘l oldi. “Esperans” 3 ochko bilan va “Los-Anjeles” 1 ochko bilan guruh bosqichida ishtirokini yakunladi.

Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati — 3-tur

25-iyun, chorshanba

“Esperans” – “Chelsi” 0:3
Gollar: Adarabioyo (45+3), Delap (45+5), Jorj (90+7)

“Los-Anjeles” — “Flamengo” 1:1
Gollar: Buanga (84), Yan (86)

Bu qiziq

нижний на лендинг кино
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.