верхний кино
РУ
O’Z
UZS
/
/
Konsta O‘zbekiston bo‘ylab o‘tkaziladigan konsertlar haqida ma’lumot berdi
21.05.2025

Konsta O‘zbekiston bo‘ylab o‘tkaziladigan konsertlar haqida ma’lumot berdi

Konsta O‘zbekiston bo‘ylab o‘tkaziladigan konsertlar haqida ma’lumot berdi

Toshkent markaziy temiryo‘l vokzali va “Toshkent” metro bekati oralig‘idagi yerosti yo‘lida 18-may kuni reper Konsta O‘zbekiston bo‘ylab “Vatan” nomli konsert-turi o‘tkazilishini ma’lum qildi. Bu Konsta faoliyatidagi O‘zbekistonning 12 ta hududini o‘z ichiga olgan ilk tur bo‘ladi.

image

Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!

icon

“Bu faqatgina mashhur treklar yoki odatdagi stadionlar, zallar to‘ldirilishi uchun konsert tadbiri emas, balki viloyatlar hududiga ham sifatli shou, sifatli tadbirlar va hordiq chiqarish darajasini yetkazish missiyasi. Bu kechinmalarni muxlislar bilan quloqchinlar orqali emas, jonli tarzda bo‘lishish uchun imkoniyat. Bu tashkilotchilik ishlarida „shunchaki“ so‘zidan foydalanilmaydigan konsertlar”, — deydi artist.

1-iyundan 1-iyulgacha davom etadigan konsert turi — reper tug‘ilib-o‘sgan Guliston shahridan boshlanadi va quyidagi ketma-ketlikda davom etadi:

  • 1-iyun — Guliston (Amfiteatr);
  • 3-iyun — Jizzax (O‘rda bog‘i);
  • 5-iyun — Samarqand (“Mo‘jiza” amfiteatri);
  • 7-iyun — Navoiy (Alisher Navoiy bog‘i);
  • 9-iyun — Buxoro (Mirzo Ulug‘bek bog‘i);
  • 12-iyun — Termiz (Bobur bog‘i);
  • 15-iyun — Qarshi (Alisher Navoiy bog‘i);
  • 18-iyun — Urganch (Amir Temur maydoni);
  • 21-iyun — Nukus (Amfiteatr);
  • 27-iyun — Farg‘ona (Eco City);
  • 29-iyun — Andijon (Tennis korti);
  • 1-iyul — Namangan (Markaziy kort).

Bundan tashqari, mazkur metro bekati oralig‘idagi yerosti yo‘lida yangi raffiti ham yaratildi. Uning markazida Konstaning o‘zi va uning ortida odamlar tasvirlangan. Shuningdek, “odamlar nima deydi” so‘zlari yozilgan. Ma’lumot uchun, Konstaning shu nomli treki mavjud.

Reper Toshkent shahrida ham alohida konsert berilishi, bu faqatgina biroz keyin bo‘lishini ta’kidladi.

Chiptalar payme ilovasida sotuvga chiqariladi. Shuningdek, hududlarda offlayn xarid qilish imkoni ham yaratiladi. Sotish nuqtalari, manzillari haqida reperning Instagram sahifasida yoki konsta.uz saytida ma’lumotlar beriladi.

Bu qiziq

Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!
Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.