Munisa Rizayevaning ochiq uslubdagi kiyimi tanqidlarga sabab boʻldi


Xonanda Munisa Rizayevaning oilaviy hayoti soʻnggi vaqtlarda koʻplab muhokamalarga sabab boʻlmoqda. U eʼlon qilgan rasmli post ham muhokamadan chetda qolmadi.
Taniqli sanʼatkor Munisa Rizayeva tugʻuruqdan soʻng Toshkentga qaytgach, tinimsiz ijod bilan shugʻullanib, yangiliklar qilmoqda.
Xonandaning Instagramʼdagi sahifasida 19-mart kuni fotopost eʼlon qilindi. Unda Rizayevani qora kostyumda va uning ichidan kiyilgan harir koʻylakda koʻrish mumkin.

Bunday noodatiy uslub muxlislar tomonidan turlicha qarshi olindi. Ayrimlar xonandaga kiyim yarashganini yozsa, boshqalar milliylikdan tashqariga chiqish yaxshi emasligini taʼkidlagan.
Ushbu rasmga oʻzbek blogosferasining taniqli vakillari ham fikr bildirgan. Jumladan, Madina Mamadaliyeva, Vazira Jon va Taxmina Umarova Rizayevaga betakror deya taʼrif bergan.