Nargis nima? Qanday qilib uni bilsa bo‘ladi, davolash kerakmi, nima uchun u Instagramda trendga aylandi
Psixologik tashxis xavfi nimadan iborat, nargisning belgilari va turlari, u bilan qanday yashash va murosa qilish kerak, shuningdek, bunga Oskar Uayldning “Dorian Grey portreti” kitobi qahramonining qanday aloqasi bor. Keling, batafsil ko‘rib chiqamiz.
Psixologik tashxis xavfi nimadan iborat, nargisning belgilari va turlari, u bilan qanday yashash va murosa qilish kerak, shuningdek, bunga Oskar Uayldning “Dorian Grey portreti” kitobi qahramonining qanday aloqasi bor. Keling, batafsil ko‘rib chiqamiz.
Har birimiz hech bo‘lmasa, bir marta bo‘lsa-da, uni boqsang-da, o‘zi haqida gapirib bermagan kishiga to‘qnash kelganmiz. Tanishingiz doimo o‘zining yutuqlari: ish haqi, mukammal oilasi, ajoyib ishi, qimmatbaho mashinasi va h.k. bilan maqtanadi. Agar (xudo ko‘rsatmasin) unga biror yomon narsa sodir bo‘lgudek bo‘lsa, u sizning qo‘llab-quvvatlashingiz va yordamingizni jimgina kutadi. Va siz uning fikrini (yo‘q) o‘qib, yordam berishga shoshilsangiz, u darhol yuz o‘giradi - axir unga nima yaxshiligini faqat uning o‘zi biladi-da. Bu holat sizga tanishmi? Unda davom etamiz.
Nargisizm ta’rifi
Nargisizm nima degan savolga psixologlar bu insonning o‘ziga xosligi, takrorlanmasligiga 100 foiz ishonchi va hamma tomonidan maqtov hamda qarsaklarga doimiy chanqoqligi ekanligi, deb javob beradilar.
Nargisizm ko‘lami deb ataladigan spektr mavjud bo‘lib, unda yashirin va namoyon bo‘luvchi nargislar muvozanatlashadi. Birinchi holatni ozmi-ko‘pmi sog‘lom deyish mumkin, chunki nargis insonni g‘ayratliroq, faolroq, shuhratparastroq va umuman ijobiy belgilarga erishuvchiga aylantiradi.
Nargisizm: tarix va pop-madaniyat konteksti
Nargis Qadimgi Yunoniston afsonalaridan biri emas, balki pop-madaniyat va ijtimoiy tarmoq trendlarida o‘z o‘rnini topgan psixologik tushunchadir. Buning sababi tabiiyki, auditoriyaning e’tiborini tortish, layklar, repostlar va izohlar uchun bugungi kunda biz o‘zi, selfi va blogerlarning boshqa ishlari to‘g‘risidagi fikrlari bilan cheksiz postlari - o‘ziga nisbatan hurmattalablikning haqiqiy rivojlanishini kuzatmoqdamiz.
Nargisizm tarixiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, boshida hammasi ancha kamtarona ko‘zga tashlanadi. Uning o‘zagi o‘z aksiga oshiq bo‘lgan va aqldan ozib halok bo‘lgan o‘smir - Nargis haqidagi afsonaga borib taqaladi. Nargis atamasining o‘zi 20-asrning boshlarida paydo bo‘ldi va buning uchun Zigmund Freydga “rahmat” deyishimiz kerak. U mazkur ta’rifdan insonning mutlaqo o‘zi bilan mashg‘ul bo‘lib qolgan holatlarini tavsiflashda foydalangan.
Bugungi pop madaniyatda esa nargisizm o‘z qiyofasi, boyligi yoki ijtimoiy yutuqlariga mukkasidan ketgan qahramonlar orqali tasvirlanadi. Ular adabiyot, kino va teleko‘rsatuvlarda paydo bo‘ladi. Bunga mukammal misol qilib, “Sohibjamol va maxluq” filmidagi Gaston, “Uoll-stritdagi bo‘ri” filmidagi Jordan Belford va, albatta, Dorian Greyni keltirish mumkin. Bu qahramonlar ham jozibadorlikni, ham nargisning yashirin salbiy oqibatlarini namoyish etadi.
Kundalik hayotda nargisizmni qanday qilib bilish mumkin?
Nargisizm belgilari
Haddan ortiq takabburlik.
O‘zining yutug‘i, boyligi, go‘zalligi, eng kuchli muhabbati va shu kabilar haqidagi cheksiz xomxayollari.
O‘zining mutlaqligiga ishonch.
Empatiyaning yo‘qligi (ammo ba’zilar buni o‘zlarida mavjuddek ko‘rsatishadi).
Havas va o‘ziga hasad qilishlariga ishonch.
Yuzaki takabburlik va ustunlik holatlari.
O‘zgaruvchan kayfiyat.
Manipulyatsiyalarga moyillik.
Nargisizm turlari
Ochiq nargisizm (buyuklik)
Nargisizmning inson o‘ziga ishonch, e’tibor talablilik va e’tirofni yashirmagan hollardagi klassik ko‘rinishi. O‘zining ustunligini namoyish etadi, o‘zini juda ham xudbinona tutadi. O‘zidagi xarizm tufayli sevib qolishi mumkin, ammo uzoq muddatli do‘stona/ishqiy munosabatlar o‘rnata olmaydi.
Yashirin nargisizm (zaif)
Yashirin nargisizmlar o‘zining ulug‘vorligini ochiq namoyon qilmaydi. Odatda ularda o‘zini past baholash, tanqidga nisbatan yuqori ta’sirchanlik kuzatiladi. Mazkur insonlar uyatchan ko‘rinadi, lekin ich-ichlarida e’tirof etilish istagidan o‘rtanishadi. Ularning xatti-harakatlari ko‘pincha tashvish yoki depressiya bilan birga kuzatiladi.
Yovuz nargisizm
Bu ulkan nargisizmning g‘ayriijtimoiy xususiyatlar, tajovuzkorlik va manipulyatsiya bilan birlashganidir. Bunday inson jamiyat uchun xavfli bo‘lishi mumkin: u boshqalardan foydalanadi va qonunlar hamda axloqni unutgan holda tom ma’noda o‘z maqsadiga erishish yo‘lida hech narsadan tap tortmaydi. Nazorat va qattiqlik – bunday turdagi nargisizmning asosiy belgilari hisoblanadi.
Jamoaviy nargisizm
Guruh yoki jamiyat darajasidagi nargisizm bo‘lib, unda odamlar o‘z millati, tashkiloti yoki boshqa ijtimoiy guruh bilan shu qadar bir xillashadi va uni ustun, qolganlarni esa hech narsaga arzimaydi, deb hisoblashadi.
Nargisizm nima sababdan paydo bo‘ladi?
Nargisizm turli xil psixologik, ijtimoiy, madaniy va biologik omillar birlashuvidan yuzaga kelishi mumkin.
Psixologik omillar
Oiladagi munosabatlar: bolalikdagi ortiqcha maqtov (yoki tanqid).
Himoya mexanizmlari: o‘z-o‘ziga past baho berish o‘z-o‘ziga haqiqiy bo‘lmagan ishonchning namoyon bo‘lishi bilan kompensatsiyalanadi.
Empatiya tizimidagi “buzilishlar”: boshqalarni tushunish va ularga hamdard bo‘lish qobiliyati rivojlanmagan, bu esa ekssentrik xatti-harakatlarga olib kelishi mumkin.
Ijtimoiy va madaniy ta’sirlar
Shuhrat va muvaffaqiyat madaniyati.
Ijtimoiy tarmoqlar.
Bolaning o‘ziga xosligiga urg‘u bergan holdagi zamonaviy tarbiya.
Biologik jihatlari
Irsiy moyillik. Ota-onadan meros bo‘lib o‘tgan empatiyaning past darajada ekanligi.
Neyrobiologik omillar. Miyaning his-tuyg‘ular va nazorat uchun javob beradigan qismlari kamroq rivojlangan.
Gormonal ta’sirlar. Tadqiqotlar o‘smirning gormonal foni bilan bog‘liq muammolar nargisizmni o‘ziga tortishi mumkinligini isbotladi.
Nargisizmning munosabatlar, do‘stlik va hayot uchun xavfi nimada?
Shaxsiy munosabatlarga ta’siri:
Empatiyaning yo‘qligi. Nargislar ko‘pincha boshqa odamlarni tushunishga qodir emas, shuning uchun ular teran va sog‘lom munosabat qura olmaydilar. Nargislarning sheriklari o‘zlarini ko‘rinmas va noloyiq qirol sifatida his qiladilar.
Egosentrizm. Nargisizm shaxsiyatida mas’uliyatni ajratish qiyin bo‘lib, bu doimiy nizolarni keltirib chiqarishi mumkin.
Manipulyatsiya va nazorat. Gazlayting kabi taktikalar nargislar uchun odatiy amaliyot hisoblanadi. Ular hukmronlik qilishni, bo‘ysundirishni va shartlarni talab qilishni xohlashadi.
Kasbiy hayotga ta’siri:
Ishdagi ziddiyatlar. Nargislar perfektsionizmga intilishi tufayli ortiqcha keskinlikni keltirib chiqarishi, “muhitni buzishi” mumkin.
Beqaror karyera. Nargis har doim “yerning tayanchi” bo‘lishni xohlaganligi sababli nufuzlilar bilan qarama-qarshilikka boradi, unda hamkasblari va boshliqlar bilan muammolar yuzaga kelishi mumkin. U yerda esa ishdan bo‘shatilishiga bir qadam qoladi.
O‘z xatolarini tan ola bilmaslik. Muammolar hal qilinmaydi, nargis rivojlanmaydi, balki faqat ishchi jamoada fitna urug‘ini sochadi.
Ruhiy salomatlikka ta’siri:
Yuqori darajadagi zaiflik. Ular uchun har qanday tanqid - og‘riq va jazo, shuningdek, xavotir va loqaydlikni oshirish uchun to‘g‘ri yo‘l.
His-tuyg‘ularning beqarorligi. Nargislarning ayniqsa tanqid va e’tirof etilmagandan so‘ng doimo kayfiyati o‘zgaruvchan bo‘ladi.
Ixtiyoriy yolg‘izlik. Agar nargisning munosabatlari barbod bo‘lsa, u izolyatsiyaga va xilvatga ketishi hamda u yerda uzoq vaqt qolishi mumkin.
Nargisizmni qachon va qanday davolash mumkin? Bu kerakmi?
Yordam kerakligining belgilari:
Buzg‘unchilik munosabatlari.
His-tuyg‘ularning beqarorligi.
Noilojlik hissi.
O‘z-o‘zini yemiruvchi xatti-harakatlar.
Agar 4 ta banddan 2 tasi mos kelsa, bu yordam so‘rash vaqti kelgani uchun yaqqol belgidir. Nargisizmni o‘z holiga tashlab qo‘yish - xavfli ish. Nargisizmni qanday davolash mumkin?
Muolaja usullari va turlari
Kognitiv-xulq-atvor muolajasi (KXM). Salbiy fikrlarni o‘zgartirishga yordam beradi, o‘zini-o‘zi baholashni “sog‘lomlashtiradi” va empatiya qobiliyatini shakllantiradi.
Dialektik xulq-atvor muolajasi (DPM). His-tuyg‘ularni boshqarish va shaxslararo muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishga o‘rgatadi.
Psixodinamik muolaja. Ongosti motivlarini aniqlash va nargisizm bilan bog‘liq xulq-atvor patternlarini ochishga yordam beradi.
Guruh muolajasi. Muolajaviy guruhlar sizni boshqalar qanday qabul qilishini ko‘rishga yordam beradi, empatiya va muloqot ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Guruhning qo‘llab-quvvatlashi va qayta aloqasi - o‘zgarishlarga motivatsiya hisoblanadi.
Oilaviy muolaja. Yaqinlar bilan ishlash tushunishni yaxshilaydi, kamroq baqir-chaqirli ziddiyatlar, ko‘proq dildan suhbatlar uchun yanada sog‘lom muhitni yaratadi.
Medikamentoz muolaja. Nargisizmga qarshi tabletkalar mavjud emas, ammo antidepressantlar yoki boshqa dorilar faqat shifokor tavsiyasi bilan qabul qilinganda bezovtalikni yo‘qotishi mumkin.
Nargisizmni davolash kerakmi yoki yo‘qmi - mana masala qayerda. Bu yerda hamma narsa uning ko‘rinishi, darajasi va, albatta, nargisning o‘zgarish istagiga bog‘liq. Inson vaziyatni anglagan, o‘zining nuqsonini ko‘rgan va o‘zgarishlar ustida ishlashga tayyor bo‘lgan taqdirdagina muolaja samarali bo‘lishini unutmang.
Nargis bilan qanday muloqotda bo‘lish lozim va o‘zini hissiy himoya qilish mumkinmi?
Aniq chegaralarni belgilang.
Masalan, agar ular gapingizni tez-tez bo‘lib tursa va sizga gapirishga imkon bermasa, tinglashlarini xohlashingizni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ayting.
Xotirjam qoling.
Nargisning ig‘volariga uchmang, u sizni hayajonga solmoqchi. Nafas olish texnikasi yoki meditatsiyani mashq qiling. Ular tinchlanishga yordam beradi.
O‘z hisobingizga qabul qilmang.
Nargisizm xulq-atvori siz tufayli emas, balki ichki ziddiyatlar natijasida yuzaga keladi. Nargisning so‘zlari va harakatlarini o‘zingizga bo‘lgan bahoingizdan ajratishga harakat qiling.
Tanqid va ayblovlardan qoching.
Nargislar juda ta’sirchan va tajovuzkor munosabatda bo‘lishi mumkin. O‘z e’tirozlaringizni asosli tarzda ifodalashga harakat qiling.
O‘z qiziqishlaringizni rivojlantiring, nargis bilan aloqadan tashqarida ijtimoiy munosabatlarni qo‘llab-quvvatlang va shunchaki o‘zingiz haqingizda qayg‘uring.
Yolg‘iz sayrga chiqish, vanna qabul qilish, yoga mashg‘ulotlariga yozilish yoki sevimli mashg‘ulotingizni topish kifoya.
Yordam qidiring
Qiyinchiliklaringizni o‘zingiz ishongan do‘stingiz yoki psixolog bilan muhokama qiling. Tashqi yondashuv vaziyatga yangicha qarashga yordam beradi.
Hissiy to‘lqinlarga tayyor turing
Ogohlantirildimi, demak, qurollangan. Shunda siz nargisingiz kayfiyatining o‘zgarishiga chidamliroq bo‘lasiz.
Muloqotdan qoching (zarurat tug‘ilganda).
Agar munosabatlar haddan tashqari zaharli, hissiy holatingizga zarar yetkazadigan bo‘lsa, chetga chiqing. Telefonni o‘chiring, bir kunga onangiznikiga keting yoki do‘stlaringiz bilan vaqt o‘tkazing. Nargisning hovuridan tushishiga qo‘yib bering va o‘zingizni o‘zingizga qaytaring.
Rezyume
Nargis bilan muloqot o‘ziga xos sabr-toqat va +100 ko‘nikmalarni talab qiladi, ammo sizda qiyinchiliklarni yengish, salbiy ta’sirni kamaytirish va asabiylikni saqlash uchun barcha imkoniyatlar mavjud. Muhimi sabr bo‘lsa bo‘ldi.
Xuddi shu narsani o‘zingizning nargisingiz haqida ham aytish mumkin. Agar siz o‘z tabiatingizni bilsangiz va hayotni yaxshi tomonga sog‘lom munosabatlar, to‘g‘ri patternlar va tark etilmaganlik hissi bilan o‘zgartirishga tayyor bo‘lsangiz – hammasi sizning qo‘lingizda. Katta ehtimol bilan bu muolaja negizida yotadi.