Ob-havo maʼlumoti: 19-21-dekabr kunlari haftaning ikkinchi yarmida Oʻzbekistonga izgʻirin qaytmoqda
Hududlarda havo biroz bulutli boʻladi, 19-dekabrda baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi mumkin. 20-21-dekabrda kechasi 7-12° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq boʻladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati
Havo biroz bulutli boʻladi, 19-dekabrda baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi mumkin. 20-dekabrda baʼzi joylarda qor yogʻishi mumkin. 21-dekabrda yogʻingarchilik kutilmaydi, Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 19-dekabrda baʼzi jylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat 19-dekabrda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 2-7° iliq, 20-21-dekabrda kechasi 7-12° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlari
Havo biroz bulutli boʻladi, 19-20-dekabrda baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi mumkin. 21-dekabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi jylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat 19-dekabrda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 2-7° iliq; 20-dekabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq; 21-dekabrda kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq boʻladi.
Toshkent, Samarqand, Sirdaryo va Jizzax viloyatlari
Havo biroz bulutli boʻladi, 19-dekabrda yogʻingarchilik kutilmaydi, 20-dekabrda baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi mumkin. 21-dekabrda baʼzi joylarda qor yogʻishi mumkin. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 19-dekabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 2-7° iliq; 20-dekabrda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 0-5° iliq; 21-dekabrda kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari
Havo biroz bulutli boʻladi, 19 va 21-dekabrda yogʻingarchilik kutilmaydi, 20-dekabrda baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi mumkin. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 20-dekabrda baʼzi jylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 19-20-dekabrda 3° sovuq-2° iliq, 21-dekabrda 0-5° sovuq, kunduzi 19-dekabrda 5-10° iliq, 20-21-dekabrda 3-8° iliq boʻladi.
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlari
Havo biroz bulutli boʻladi, 19-dekabrda yogʻingarchilik kutilmaydi, 20-dekabrda baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi mumkin. 21-dekabrda baʼzi joylarda qor yogʻishi mumkin. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 19-dekabrda kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 0-5° iliq; 20-dekabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 3-8° iliq; 21-dekabrda kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq boʻladi.
Respublikaning togʻli hududlari
Havo biroz bulutli boʻladi, 19-dekabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. 20-21-dekabrda baʼzi joylarda qor yogʻadi, kuchli boʻlishi mumkin. Yoʻllarda baʼzi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 19-dekabrda kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 0-5° iliq; 20-dekabrda kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq; 21-dekabrda kechasi 10-15° sovuq, kunduzi 3-8° sovuq boʻladi.