РУ
O’Z
UZS
/
/
Ob-havo maʼlumoti: 22–24-yanvar kunlari harorat keskin pasayadi
20.01.2025 (yangilandi 20.01.2025)

Ob-havo maʼlumoti: 22–24-yanvar kunlari harorat keskin pasayadi

Ob-havo maʼlumoti: 22–24-yanvar kunlari harorat keskin pasayadi

Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutiladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati

Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 22-yanvarda kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq, 23-yanvarda kechasi 8-13° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq, 24-yanvarda. kechasi 8-13° sovuq, kunduzi 2° sovuq-3° iliq

Buxoro va Navoiy viloyatlari

Havo biroz bulutli boʻladi, 22-yanvarda baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi, 23-24-yanvarda yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 22-yanvarda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 0-5° iliq, 23-yanvarda kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 0-5° iliq, 24-yanvar kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 3-8° iliq boʻladi. Navoiy viloyatining shimolida 22-yanvarda kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq, 23-yanvarda kechasi 8-13° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq, 24-yanvarda. kechasi 8-13° sovuq, kunduzi 2° sovuq-3° iliq boʻladi.

Toshkent, Samarqand, Sirdaryo va Jizzax viloyatlari

Havo biroz bulutli boʻladi, 22-yanvarda baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir  qorga aylanadi) boʻladi. 23-yanvar kunning birinchi yarmida baʼzi joylarda qor yogʻadi. 24-yanvarda yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 22-yanvarda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda 20-23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 22-yanvarda kechasi va kunduzi 0-5° iliq, 23-yanvarda kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 2° sovuq-3° iliq boʻladi. 24-yanvar kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 2-7° iliq boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari

Havo biroz bulutli boʻladi, kutilmaydi, 22-yanvarda baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir  qorga aylanadi) boʻladi. 23-24-yanvarda yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 22-yanvarda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda 20-23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat, 22-yanvarda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 3-8° iliq, 23-24-yanvarda kechasi 1-6° sovuq, kunduzi 5-10° iliq boʻladi.

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlari

Havo biroz bulutli boʻladi, 22-yanvarda baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir  qorga aylanadi) boʻladi. 23-yanvar kunning birinchi yarmida baʼzi joylarda qor yogʻadi. 24-yanvarda yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 22-23-yanvarda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, 22-yanvarda ayrim joylarda 20-23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat, 22-yanvarda kechasi va kunduzi 0-5° iliq, 23-yanvarda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 2° sovuq-3° iliq, 24-yanvar kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 0-5° iliq boʻladi.

Respublikaning togʻli hududlari

Havo biroz bulutli boʻladi, 22-23-yanvarda baʼzi joylarda qor yogʻadi, 24-yanvarda yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. 22-yanvarda Toshkent va Namangan viloyatlarida qor koʻchish xavfi bor. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 22-23-yanvar baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, 22-yanvarda ayrim joylarda 20-23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 22-yanvarda kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq, 23-yanvarda kechasi 7-12° sovuq, kunduzi 2-7° sovuq, 24-yanvar kechasi 10-15° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq boʻladi.

Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.