05.06.2025
BAAga qarshi yakuniy qaydnomadan kimlar tushib qoldi?


Muallif
Shohzamon Shuhratov
Bugun O‘zbekiston milliy terma jamoamiz Jahon chempionatining saralash guruh bosqichida BAA bilan kuch sinashadi. Ushbu bellashuvdagi 1 ochko ham bizning oruziyimiz ro‘yobga chiqishini ta’minlaydi.
Ma’lum bo‘lishicha, mazkur to‘qnashuvni bir necha yillik tanaffusdan so‘ng terma jamoaga chaqirilgan Islom To‘xtaxo‘jayev va Ruslanbek Jiyanov o‘tkazib yuborishi ma’lum bo‘ldi. Qolgan barcha futbolchilar esa uchrashuvda ishtirok etishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, bo‘lajak bellashuv esa Toshkent vaqti bilan 21:00 da start olishi rejalashtirilgan.