Toping.uzʼda afisha: Aziza dam olish kunlarida qayerlarga borishni yoqtirishini aytdi
Kuzning uchinchi oyi hisoblanmish noyabr ham kirib keldi. Poytaxt koʻchalari kuzga xos boʻlgan tillarangga burkangan, havo esa nisbatan iliq boʻlib qoldi. Bloger Aziza bilan oltin kuzdagi Toshkent haqida suhbat olib bordik.
Hordiq
Men Toshkent shahrida eng koʻp Mirzo Ulugʻbek markaziy bogʻiga (sobiq Telman) boraman. Bu bogʻning menga yoqadigan juda koʻp jihatlari mavjud.
U yerda koʻplab attraksionlar bor. Atrof-muhit ham ancha sokin, odamlar bir-biriga xushchaqchaq muomalada boʻladi. Koʻldagi baliqlar esa oʻzga mavzu.
Shu bilan birga, Bobur nomidagi markaziy ekobogʻ va Moviy gumbazlar bogʻlariga borishni ham yoqtiraman. U yerlarda ham doimiy ravishda sokinlik hukm suradi.
Kino
Kino va teatrga tushishni juda ham yaxshi koʻraman. Men doimiy ravishda premyeralarni kinoteatrlarda tomosha qilaman.
Shuningdek, teatrlarning ham doimiy mehmoniman. Teatr tomoshalari insonning maʼnaviy ozuqasi deyish mumkin. “Ilhom” teatriga koʻp boraman.
Ayni paytda Tashkent City Mallʼdagi Cinematica kinoteatri menga koʻproq yoqyapti. U yerda tasvir va ovoz sifati ajoyib, oʻrindiqlar ham juda qulay.
Ovqat
Ovqatlanish borasida qiziq hayot tarzini olib boraman desam, adashmagan boʻlaman. Chunki restoranlardagi ovqatlarni ham, Chorsudagi koʻcha taomlarini ham birdek yaxshi koʻraman.
Pro.Xinkali, Syrovarnya, Kaspiyka va Aiza kabi restoranlarga koʻp tashrif buyuraman, u yerda ovqatlar ham juda mazali. Xuddi shunday, Chorsuda xonim yeyishni ham yoqtiraman.
Xarid
Tashkent Cityʼdagi savdo markazida jahon brendlari oʻz doʻkonlarini ochdi. Bu koʻpchilik qatori meni ham xursand qiladi. Masalan, men avval bizda ham Zara doʻkon ochishini orzu qilardim.
Shu bilan birga, onlayn doʻkonlardan ham kiyim xarid qilib boraman. Mahalliy dizaynerlarimiz bor, ularni doimiy ravishda qoʻllab-quvvatlayman. Hozirda koʻplab dizayner qizlar chiroyli kolleksiyalarni taqdim etmoqda.
The Look, N.and.You, Lʼarmoire Studio, IBG Atelier va Likam Collection kabi ijodiy brendlar mavjud. Ulardan mahsulotlarni kiyib koʻrish xizmati bilan buyurtma berish ham mumkin. Kiyimlar ham juda ixcham boʻladi.
Festival
Konsert va festivallarda qatnashishni juda ham yaxshi koʻraman. Menimcha, hech qaysi konsertni oʻtkazib yubormayman. Chunki men shunday ommaviy joylarga borsam, odamlardan energiya olaman.
Festivallarda yana ham koʻproq oʻtkazilishi kerak, deb oʻylayman. Hozirgi kunda qizlar oʻzlari mustaqil ravishda festivallar tashkil etmoqda. Men bu tendensiyadan faxrlanaman. Bunda netvorking uchun qulay sharoit vujudga keladi.