РУ
O’Z
UZS
/
/
Xitoyda “Kichkina shahzoda” multfilmi suratga olinadi – unda haqiqat va ertak uyg‘unlashadi
20.01.2025

Xitoyda “Kichkina shahzoda” multfilmi suratga olinadi – unda haqiqat va ertak uyg‘unlashadi

Xitoyda “Kichkina shahzoda” multfilmi suratga olinadi – unda haqiqat va ertak uyg‘unlashadi

Antuan de Sent-Ekzyuperining kitobi asosida ishlanadigan multfilmni mediatexnologiyalar bo‘yicha ixtisoslashgan “Stars Collective” kompaniyasi ishlab chiqaradi.

“Variety” nashrining manbalariga tayanib yozishicha, Xitoyda “Kichkina shahzoda” kitobi asosida multfilm suratga olinadi.

Loyiha boshida mediatexnologiyalarni ishlab chiqarishga sarmoya kirituvchi “Stars Collective” investitsiya kompaniyasi va shanxaylik “El Pajaro Pictures” kinokompaniyasi turibdi. Film syujeti kitobdagi bizga tanish hikoya va Antuan de Sent-Ekzyuperining biografiyasini birlashtiradi. Shunday qilib, ertak va uydirma uyg‘unligi yaratiladi.

Маленький принц на польском по методу Франка 1 глава | ProPolski

Eslatib o‘tamiz, “Kichkina shahzoda” kitobi syujeti yosh shahzoda haqida bo‘lib, u sayyoralar aro sayohat qilib, hayot va inson haqida allegorik va falsafiy qarashlarni taklif etuvchi turli xil qiziqarli qahramonlar bilan uchrashadi. Hikoya uchuvchining nomidan aytiladi, u shahzodaning sayohatlari haqidagi hikoyalarni yig‘adi va chuqur haqiqatlarni ochib beradi.

1943-yilda birinchi marta chop etilgan asl nashr dunyoning 300 dan ortiq tiliga tarjima qilingan. Umumiy nashr hajmi 200 milliondan oshdi va “Kichkina shahzoda” barcha davrlarning eng yaxshi kitoblari reytingidan joy oldi.

Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.