2025-yil parfyumeriya trendlari: ular gurmanlar va shirinliksevarlarga yoqishi aniq


So‘nggi yillarda mashhur parfyumeriya brendlari yanada jasorat bilan murakkabroq aromatlar va ko‘proq shirin notalardan iborat kompozitsiyalarni chiqarishni boshladi. Ushbu hidlar sevimli pishiriqlar, desertlar va kofeni eslatadi. 2025-yil parfyumeriya trendlari – yangi va mashhur gurman aromatlar to‘plami bilan tanishing.
Gurman aromatlar – bu o‘ziga xos bo‘lgan go‘zallik mahsuloti. Bunday parfyum ko‘pchilikka yoqadi, ammo ayniqsa shirinliksevarlarni rom qiladi. Chunki bu hidlarda pralin, qaymoq, asal, meva va rezavorlar, vanil va karamel kabi notalar mavjud. Bunday parfyum sizni “mazali” ifor bilan o‘rab olib, o‘ziga xos iz qoldiradi. Tropik yoki yog‘ochsimon aromatlardan farqli o‘laroq, bu hidlarni yil davomida va istalgan vaziyatda ishlatish mumkin.
2025 yil parfyumeriya trendlari:
Goddess – Burberry
Asosiy notalar: vanil, ziravorlar, kakao, lavanda
Villa Isar 224 – Krigler

Asosiy notalar: bodom, qaymoq, vanil, karamel, asal
Angel – Mugler

Asosiy notalar: mevalar, karamel, vanil, asal, shokolad
R.E.M – Ariana Grande

Asosiy notalar: zefir, karamel, tuz, anjir, behi
Strawberry Letter – Phlur

Asosiy notalar: qulupnay, olxo‘ri, qora smorodina bargi, shakar
Devotion – Dolce&Gabbana

Asosiy notalar: panna-kotta, apelsin guli, rom, vanil
'71 Sol de Janeiro – Cheirosa

Asosiy notalar: karamel, vanil, yong‘oq, tuz, shokolad
Love Don't Be Shy – Kilian

Asosiy notalar: shakar, vanil, karamel, mushk, zefir
La Nuit Trésor Vanille Noire – Lancôme
Asosiy notalar: burbon vanili, asal, tutunli ud
212 VIP Rosé Red – Carolina Herrera

Asosiy notalar: tiramisu, likyor, ziravorlar, pachouli, mushk