Biznesingiz uchun kreditlar
РУ
O’Z
UZS
/
/
Homiladorlikda bel og‘rig‘i: sabablari va belning qaysi joylari og‘rishi mumkin
20.12.2024 (yangilandi 13.01.2025)

Homiladorlikda bel og‘rig‘i: sabablari va belning qaysi joylari og‘rishi mumkin

Homiladorlikda bel og‘rig‘i: sabablari va belning qaysi joylari og‘rishi mumkin
Muallif
Amma

Homilador ayollarning 94% bel og‘rig‘idan shikoyat qiladi[1]. Ba’zilarda noxush sezgilar birinchi trimestrdayoq paydo bo‘ladi, boshqalarida tug‘ruqqa yaqinroq bo‘ladi. Hamma uchun yagona tashxis va uni bartaraf etish usuli mavjud emas. Lekin ko‘pchilikka yordam beradigan qoidalar bor.

Nima sababdan belingiz og‘riyapti?

Og‘riqning asosiy sababi - bachadonning o‘sishi. Haftadan haftaga uning o‘zi kattalashib boradi, unda bola ham o‘sib, semirib boradi. Buning natijasida og‘irlik markazi siljiydi, yuk umurtqa pog‘onasining boshqa qismiga o‘tadi, uning mushaklari esa bunga o‘rganmagan - shuning uchun og‘riydi. Ikkinchi sabab - vaznning ko‘payishi. Undan bel, tos, oyoq muskullari katta bosim bilan ishlaydi va tezroq charchaydi. Sizga esa charchoq og‘riq bilan javob beradi.

Nega butun bel emas, balki dumg‘aza og‘riydi?

Og‘riq qayerda va qanday tarqalishi ko‘proq sizning odatlaringiz va jismoniy tayyorgarligingizga bog‘liq. Kimningdir og‘riq sezgisi belda, kimnikida dumg‘azada to‘planadi. Ko‘pchilikda esa bir vaqtning o‘zida ikki-uch joyda bo‘ladi. Dumg‘aza ko‘pincha baland poshnali poyabzal kiyishni yoqtiradiganlarda og‘riydi. Muayyan paytda zo‘riqishni kamaytirish uchun oyoqlarni biroz kengroq qo‘yib, yelkalarni bo‘shashtiring va orqaga tortib turing [2].

Nima uchun baland poshnalar tufayli og‘riq kuchliroq bo‘ladi?

Poshnalar tana og‘irligini oldinga o‘tkazishga majbur qiladi, u esa sizda qorinning bo‘rtib chiqishi tufayli allaqachon oldinga siljigan. Natijada belni juda qattiq bukishga va chanoqni taranglashtirishga to‘g‘ri keladi, bu esa og‘riqni keltirib chiqaradi. Past va barqaror poshnali poyabzal muvozanatni yaxshiroq saqlash va yuklamani qayta taqsimlash imkonini beradi - natijada og‘riq kamroq bo‘ladi [2].

Homilador ayollarga tashqi og‘riq qoldiruvchi vositalarni (kremlar yoki plastirlar) qo‘llash mumkinmi?

Homiladorlik paytida har qanday dori vositalarining ta’sirini iloji boricha kamaytirishga intilish kerak. Ko‘pchilikka issiq dush qabul qilish yoki sovuq kompress qo‘yish og‘riqni bosishga yordam beradi [2, 4].

Og‘riqni yana qanday va nima bilan yengillashtirishimiz mumkin?

Og‘riq bilan kurashishning asosiy usullari yuklamani qayta taqsimlashga asoslanadi. Bu ishda quyidagilar foydali bo‘lishi mumkin:

  • Yostiqlar. Homilador ayollar uchun uzun kokon yostiqlar va bel yostiqlari juda mos keladi. Kokon bilan uxlash qulay: yonbosh yotganda qorin kamroq xalaqit beradi, unga oyoqni qulay qo‘yish mumkin. Bel yostig‘i bilan ofis kursisida, mashinada o‘tirganda bel, dumg‘aza va tos sohasidagi og‘riqlarni yengillashtirish osonroq [3].

  • Bandaj. Orqa va qorin mushaklaridan yukni olishga yordam beradi. Shuningdek, tayanch uchun maxsus kiyim ham mavjud: uning old qismida elastik, ancha zich qo‘shimcha bor. U qorinni pastdan ushlab turadi va siz belingizni kamroq zo‘riqtirishingizga to‘g‘ri keladi [4].

  • Mashqlar. Oddiy va samarali mashq - "mushukcha": to‘rt oyoqlab turib, belni egish [4]. Fitnes va suzish bel og‘rig‘iga qarshi kurashda yaxshi yordam berishi mumkin [5].

  • Yoga. Umurtqa pog‘onasiga tushadigan yukni kamaytirish va beldagi og‘riqni pasaytirish usullaridan biri - xatxa yoga yoki homilador ayollar uchun maxsus yoga [6]. Ko‘pgina fitnes klublari va tibbiyot muassasalari bunday guruhlarni tashkil etadi.

1. Trajectories of lower back, upper back, and pelvic girdle pain during pregnancy and early postpartum in primiparous women. Guinn Dunn, et al. Women’s Health (Lond), 2019. https://www.ncbi.nlm.nih.gov/pmc/articles/PMC6472169/
2. Back Pain During Pregnancy. ACOG. https://www.acog.org/womens-health/faqs/back-pain-during-pregnancy
3. Pelvic Girdle Pain and Low Back Pain in Pregnancy: A Review. Era Vermani, et al. Epub, 2010. C. 65. https://pubmed.ncbi.nlm.nih.gov/19863747/ 
4. Back pain during pregnancy: 7 tips for relief. Mayo Clinic. https://www.mayoclinic.org/healthy-lifestyle/pregnancy-week-by-week/in-depth/pregnancy/art-20046080
5. Can supervised group exercises including ergonomic advice reduce the prevalence and severity of low back pain and pelvic girdle pain in pregnancy? A randomized controlled trial. M. H. Eggen, et al. Epub, 2012. С. 3. https://pubmed.ncbi.nlm.nih.gov/22282770/ 
6. Prenatal yoga: What you need to know. Mayo Clinic. https://www.mayoclinic.org/healthy-lifestyle/pregnancy-week-by-week/in-depth/prenatal-yoga/art-20047193

Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.