$100 верхний
РУ
O’Z
UZS
/
/
Bu o‘yin kompyuterga tushadimi? O‘yinni kompyuteringiz bilan mosligini tekshiring
25.11.2024 (yangilandi 26.11.2024)

Bu o‘yin kompyuterga tushadimi? O‘yinni kompyuteringiz bilan mosligini tekshiring

Bu o‘yin kompyuterga tushadimi? O‘yinni kompyuteringiz bilan mosligini tekshiring
Muallif
й

Har bir hurmatga sazovor geymer biror marta yangi chiqqan o‘yin kompyuterida ishlaydimi, deb o‘ylab ko‘rgan. Shuning uchun, o‘yin kompyuteringizda ishlashi mumkinligini qanday tez va oson bilib olish haqida ma’lumot beramiz.

image

100 dollargacha bo‘lgan eng yaxshi sovg‘alar. QAYERDAN XARID QILISH MUMKIN?

icon

Toping iPhone 16 Pro yutuqli o‘yin tashkil qilmoqda!

Sizni g‘olibga aylantiradigan o‘yin qoidalari

O‘yin kompyuteringizda mosligini qanday tekshirish mumkin?

O‘yin tizim talablari va kompyuteringiz xususiyatlarini solishtiring. Bu ma’lumotni ishlab chiquvchilarning rasmiy sayti yoki o‘yinni sotib olmoqchi bo‘lgan do‘konda topishingiz mumkin. Ko‘pincha minimal va tavsiya etilgan talablarga oid ma’lumotlar mavjud bo‘ladi. O‘yin sotib olishdan oldin bu ma’lumotni tekshirishni unutmang – bu sizni kutilmagan muammolardan saqlaydi.

Геймеры под колпаком: ФБР ищет экстремистов в онлайн-играх

O‘yin tizim talablari qayerda ko‘rsatiladi?

Buning uchun Steam, Epic Games Store kabi platformalar yoki o‘yinning rasmiy saytiga tashrif buyuring. Tizim talablari odatda quyidagi parametrlarni o‘z ichiga oladi: Protsessor (CPU), videokarta (GPU), operativ xotira (RAM), operatsion tizim versiyasi (OS). Ushbu ma’lumotlarni kompyuteringiz xususiyatlari bilan solishtiring va xulosaga keling.

Tizim talablarga e’tibor bermaslik mumkinmi?

Tavsiya etilmaydi. Chunki tizim talablari o‘yin grafigini yuqori sifatda va barqaror ishlashda muhim rol o‘ynaydi. Agar kompyuteringiz ushbu talablarga javob bermasa, o‘yinda kechikishlar, xatolar va past grafik sifati muammolariga duch kelishingiz mumkin.

Kompyuter xususiyatlarini qayerdan bilsa bo‘ladi?

Kompyuteringiz parametrlarini oson bilishingiz mumkin:

Windows tizimi:

1. “Shu kompyuter”ni o‘ng tugma bilan bosib, “Xususiyatlar”ni tanlang.

2. Asosiy parametrlarni ko‘rishingiz mumkin (CPU, RAM va boshqalar).

3. Videokarta: “Qurilma menejeri”ga o‘ting va “Video adapterlar” bo‘limini tekshiring.

Как посмотреть характеристики ПК ᐈ Где посмотреть параметры компьютера на  Windows 11

Mac tizimi:

1. Apple menyusidan “Shu Mac haqida”ni oching.

2. U yerda barcha kerakli ma’lumotlarni ko‘rasiz.

Как узнать модель Макбука или компьютера мак в настройках или на корпусе

O‘yin mosligini tekshirish uchun onlayn xizmatlar

Yordamchi onlayn xizmatlar mavjud, masalan, “Can You RUN It” platformasi. Saytga kirib, o‘yin nomini kiriting. Platforma kompyuteringiz imkoniyatlarini avtomatik tekshiradi va to‘liq tahlilni taqdim etadi. Bu qulay va tezkor usul.

O‘yin uchun qancha joy kerak?

Hozirgi kunda zamonaviy o‘yinlar hajmi juda turli xil bo‘lishi mumkin, bir necha gigobaytdan bir necha yuz gigobaytlargacha! Masalan, yengil o‘yinlar: 2–5 GB, katta loyihalar esa (RPG yoki ekshen): 50 GB yoki undan ko‘p. O‘yinni yuklashdan oldin diskda yetarli joy borligini tekshirishni unutmang.

Yangi o‘yin ishlaydimi?

Endi sizda o‘yin va kompyuteringiz mosligini aniqlash uchun barcha vositalar mavjud. Agar kompyuteringiz talabga javob bermasa, o‘yin grafik sifatini pasaytirish yoki drayverlarni yangilash yordam berishi mumkin. O‘yin olamiga kirish istagi bo‘lsa, texnik imkoniyatlar ham topiladi!

Геймер из Солигорского района продал виртуальный инвентарь своего друга и  получил реальный срок - Минская правда, 05.12.2023

Yangi o‘yinni qanday ishga tushirish mumkin?

  • Tayyorgarlik: Kompyuterni o‘yinni ishga tushirishga oldindan tayyorlash – bu muvaffaqiyatli jarayonning kalitidir. Bu faqat moslikni tekshirish emas, balki kompyuteringizni “tozalash”ni ham o‘z ichiga oladi. Kompyuterni tayyorlash bosqichlari: ortib qolgan fayllarni o‘chirish: keraksiz ma’lumotlar, eski dasturlarni o‘chiring va “Maqtubxonani” (korzinani) bo‘shating. Keraksiz oynalarni yoping va internetdan yuklab olish jarayonlarini vaqtincha to‘xtating.
  • Videokarta drayverlarini yangilang: Agar zarurat bo‘lsa, videokartangiz ishlab chiqaruvchisi (masalan, NVIDIA yoki AMD) saytiga kiring va oxirgi drayver versiyasini yuklab oling. Yangilanishlar ko‘pincha muammolarning oldini oladi yoki ularni hal qiladi.
  • Antivirusni tekshiring: Zamonaviy o‘yinlar Steam, GOG yoki Epic Games Store kabi ishonchli platformalardan yuklab olinadi. Shunga qaramay, antivirus dasturingiz yangilangan va faol ekaniga ishonch hosil qiling. Bu tasodifiy viruslardan himoya qiladi. Biroq, shuni yodda tutingki, ba’zan antivirus o‘yin o‘rnatishni sekinlashtirishi mumkin. Uni o‘chirish shart emas – shunchaki sabrli bo‘ling!
  • Diskda bo‘sh joy yarating: O‘yinni o‘rnatishdan oldin qattiq diskda yetarli joy borligini tekshiring. Yuklash jarayoni bir necha GB joy talab qilishi mumkin. O‘rnatish to‘xtab qolmasligi uchun keraksiz fayllarni o‘chirib tashlang yoki diskni tozalash dasturlaridan foydalaning.
Видеоигры: мифы и реальность глазами родителей | Блог Касперского

Kompyuterga o‘yin o‘rnatish

Barcha tayyorgarlik ishlari tugagandan so‘ng, asosiy qism – o‘yinni o‘rnatishga o‘tamiz. Bu odatda oson amalga oshiriladi. Agar o‘yin onlayn do‘kondan yuklab olingan bo‘lsa, o‘rnatish avtomatik tarzda boshlanadi. Agar o‘yin diskda bo‘lsa, diskingizni kompyuterga joylashtiring va ekrandagi ko‘rsatmalarga amal qiling.

O‘rnatish jarayoni

Agar kompyuteringiz jihozlari va dasturi tayyor, o‘yin mos bo‘lsa, o‘rnatish jarayoni muammosiz o‘tadi. Endi faqat: qulay joylashib olib, mazali sneklarni tayyorlang va o‘yin olamiga sho‘ng‘ing!

Bu qiziq

100 dollargacha bo‘lgan eng yaxshi sovg‘alar. QAYERDAN OLAMIZ?
100 dollargacha bo‘lgan eng yaxshi sovg‘alar. QAYERDAN OLAMIZ?
Nafaqat ajoyib sovg‘a: eng yaxshi simsiz quloqchinlarni tanlaymiz
Nafaqat ajoyib sovg‘a: eng yaxshi simsiz quloqchinlarni tanlaymiz
Sharm al-Shayxga 700 dollardan sayohatlar. Batafsil so‘zlab beramiz
Sharm al-Shayxga 700 dollardan sayohatlar. Batafsil so‘zlab beramiz
Hambi yangi super ilovada. U nima bo‘lishi mumkin?
Hambi yangi super ilovada. U nima bo‘lishi mumkin?
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.