Enn Xeteueyning “Qattiqqo'l xonim 2”dagi birinchi fotosuratlari paydo bo‘ldi


Internetda “Qattiqqo'l xonim 2” filmining davomini suratga olish maydonidan paparatssi tasvirlari tarqaldi. Ularda bosh rolni ijro etuvchi Enn Xeteueyni ko‘rish mumkin.
Xeteuey o‘zining ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifasida qahramoni Endi Saksning yangi suratini ham e’lon qildi.
TelecomTV xizmatiga 7 kunlik bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.
Quyidagi tugmani bosing va hoziroq boshlang!

U bilan birga siklda Meril Strip (Miranda Pristli rolida), Emili Blant, Stenli Tuchchi, Kennet Brana, Lyusi Lyu, Jastin Teru va boshqalar rol ijro etishadi.

Rejissyorlik vazifasini birinchi qism muallifi Devid Frankel o‘z zimmasiga oldi. “Qattiqqo'l xonim 2” filmining namoyishi 2026-yil 1-mayga rejalashtirilgan.