Yevro-2024: Toshkentda chorak final uchrashuvlarni qayerlarda tomosha qilish mumkin?


Germaniyada boʻlib oʻtayotgan Yevropa chempionati oʻzining qizgʻin pallasiga kirib ulgurdi. Ertadan chorak final oʻyinlariga start beriladi. Bu bosqichni gʻoliblik uchun asosiy daʼvogarlardan boʻlgan Ispaniya va Germaniya terma jamoalari oʻzaro oʻyin bilan boshlab beradi.
“Toping.uz” sayti Toshkent shahrida Yevropa chempionati oʻyinlarini koʻrish mumkin boʻlgan manzillarni bir yerga yigʻdi.
Guten Pub

Chorak final oʻyinlari mezbon Germaniyaning oʻyini bilan boshlanishini hisobga olsak, ispanlarga qarshi uchrashuvni nemis pabida koʻrishga nima yetsin.
- Instagram: @guten.pub
- Murojaat uchun telefon: +998884838800
- Manzil
Khan Chapan

Sharqona taomlari bilan mashhur boʻlgan Khan Chapan restorani Yevropa chempionati oʻyinlarini musobaqa boshidan beri namoyish etib kelmoqda.
- Instagram: @khan.chapan
- Murojaat uchun telefon: +998712050020
- Manzil
Brasserie

Brasserie restorani futbolni ulkan ekranlarda tomosha qilish imkoniyatidan tashqari mazali taomlar va salqin ichimliklar taklif etadi.
- Instagram: @brasserie.uz
- Murojaat uchun telefon: +998993539977
- Manzil
Brasil. Churrascaria

Toshkentda uchratish mumkin boʻlgan eng ekzotik joylardan biri boʻlgan Braziliya restoranida ham Yevro-2024 oʻyinlari namoyish etilmoqda.
- Instagram: @brasil_rest_uz
- Murojaat uchun telefon: +998887008998
- Manzil
Beer Garden

Ushbu restoran toza havoda Yevropa chempionatining eng qiziqarli oʻyinlarini tomosha qilishgan chorlaydi.
- Instagram: @beergarden.uz
- Murojaat uchun telefon: +998908229906
- Manzil
Tumbler Bar

Yevro-2024ʼning har bir oʻyinini Tumbler Barʼga doʻstlaringiz bilan tashrif buyurgan holda muxlislar davrasida muhitni his etib tomosha qilish mumkin.
- Instagram: @tumblerbar.lounge
- Murojaat uchun telefon: +998949404001
- Manzil