Homilador ayollar uchun bandaj qachon taqiladi va uning qanday foydasi bor


Vaqt o‘tgan sari qorin hajmi kattalashib, og‘irlik markazi tobora oldinga siljiydi. Bu umurtqa pog‘onasiga ortiqcha yuklanish keltiradi. Ba’zi hollarda bandaj bu muammoni yengishga yordam beradi [1].
Bandaj qachon kerak bo‘lishi mumkin?

Homiladorlikning ikkinchi yarmidan boshlab (20-haftadan keyin) ayol tanasida sezilarli fiziologik va anatomik o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Bachadon kattalashadi, homila faol o‘sadi, relaksin gormoni ta’sirida boylamlar cho‘ziladi - bu esa bel va dumg‘aza sohasida og‘riqqa sabab bo‘lishi mumkin [2, 3]. Aynan shu davrda - 20-24 haftalikda, undan oldin emas - bandaj zarur bo‘lishi mumkin.
Bandaj umurtqa pog‘onasini bo‘shashtirishga qanday yordam beradi?
Bandaj qorinni ushlab turadi, bel va chanoqdan yukni olib tashlaydi. Qornini mahkam ushlab, qomatini biroz rostlaydi va shu bilan siydik pufagi va belga bo‘lgan bosimni pasaytiradi. Bandaj og‘riqni olib tashladimi yoki yo‘qligini aniqlash maqsadida o‘tkazilgan tadqiqotlar juda kam. Ko‘p hollarda ular uni kompleks terapiyaning boshqa usullari qatorida ko‘rib chiqadilar. Ya’ni, u og‘riqni olib tashlaydimi yoki yo‘qligini aniq aytish mumkin emas [1].

Menga bandaj kerakmi?
Bandaj panatseya emas. Bundan tashqari, ba’zi ayollarga u man etiladi. Asosiy qarshi ko‘rsatmalardan biri - 30-haftadan keyin chanoq yoki ko‘ndalang yotish. Shuning uchun bandajni sotib olishdan oldin, albatta, shifokoringiz bilan maslahatlashishingiz kerak.
Ko‘pincha bandaj quyidagi ayollarga buyuriladi:
umurtqa pog‘onasining bel qismida og‘riqni his qilish (kompleks terapiyada);
tik turib, masalan, sotuvchi yoki sartarosh bo‘lib ishlaganda;
ikki va undan ortiq homilani ko‘tarib yurganda.
Menga qanday bandaj kerakligini qanday bilaman?
Homilador ayollar uchun bandaj bir necha turga bo‘linadi, lekin ko‘pincha ulardan ikkitasi qo‘llaniladi:
tutib turuvchi elastik belbog‘. U to‘g‘ridan-to‘g‘ri ichki kiyimga kiyiladi va qorin ostida mahkamlanadi. U bachadonni ortiqcha siqmasdan ushlab turadi, qorinni yumshoq va ishonchli tarzda fiksatsiyalaydi. Chanoq bo‘g‘imlarining harakatlanishini barqarorlashtirib, kamaytiradi [1];
tug‘ruqdan oldingi bandaj-trusik - bu tutib turuvchi qistirmali baland elastik trusik. Unga qorin o‘lchami kattalashgani sari cho‘ziladigan va bel sohasiga yopishib turadigan zich elastik tasma tikilgan [1].
Bandaj tanlashda asosiy mezon - qulaylikdir. Trusik-bandajda ham yurish, ham o‘tirish qulay bo‘lishi kerak. Belbog‘ni esa uzoq sayr qilishdan oldin yoki uzoq vaqt tik turishni rejalashtirganingizda kiyish lozim. Bundan tashqari, havo haroratini hisobga olish muhim: yozda trusik-bandajda juda issiq bo‘lishi mumkin va bunday holda elastik belbog‘ eng yaxshi tanlov bo‘ladi.

Bandaj o‘lchamini to‘g‘ri tanlash muhimdir. Buning uchun xarid qilishdan oldin qorinni o‘lchab, parametrlarni o‘lcham jadvali bilan taqqoslash kerak.
Bandajni chalqancha yotgan holatda kiyish maqsadga muvofiqdir. Bandajni qorin ostida teriga zich yopishib turadigan qilib mahkamlash kerak, biroq bunda ortiqcha bosim sezilmasligi lozim.
1. The Effect of Maternity Support Garments on Alleviation of Pains and Discomforts during Pregnancy: A Systematic Review. Carolina Quintero Rodriguez, Olga Troynikov. J Pregnancy, 2019. https://www.ncbi.nlm.nih.gov/pmc/articles/PMC6699320/
2. Relaxin in Human Pregnancy. Laura T. Goldsmith, Gerson Weiss. Ann N Y Acad Sci., 2009. https://www.ncbi.nlm.nih.gov/pmc/articles/PMC3856209/
3. Back Pain in Pregnancy. URMC. https://www.urmc.rochester.edu/encyclopedia/content.aspx?contenttypeid=134&contentid=52