09.10.2025
Kim Kardashyan ishtirokidagi “Hammasi rost” seriali yangi treylerga ega bo‘ldi


Muallif
Shohzamon Shuhratov
Hulu “Hammasi rost” yuridik dramasining rasmiy treylerini e’lon qildi. Kim Kardashyan qatnashgan loyiha 4-noyabrda efirga chiqadi.
Kardashyan Los-Anjelesda faqat ayollar ishlaydigan nufuzli advokatlik firmasining rahbari rolini ijro etdi.
Serialda, shuningdek, Naomi Uotts (“Malxolland drayv”), Glenn Klouz (“101 ta dalmatinlik”), Sara Polson (“Amerika dahshat tarixi”), Nishi Nesh-Betts (“Maxluq”) va Teyana Teylor (“Jang ortidan jang”) kabi aktyorlar rol ijro etishgan.
Serialning muallifi Rayan Merfi hisoblanadi. Birinchi mavsumda jami sakkizta qism rejalashtirilgan.