Lyusi Lyu Laika studiyasining trillerida bosh rolni ijro etadi


Laika ("Qo‘rqinchli tushlar mamlakatidagi Koralina") animatsion studiyasi o‘zining birinchi jonli filmini e’lon qildi. Bu Lyusi Lyu bosh rolni ijro etadigan “Sinov” nomli psixologik triller bo‘ladi.
“Sinov” yozuvchi Keti Kitamuraning shu nomdagi romaniga asoslangan. Syujet Nyu-Yorkda istiqomat qiluvchi mashhur aktrisa haqida hikoya qiladi. Bir kuni uning uyiga noma’lum yigit kelib, o‘zini uning o‘g‘li ekanligini ta’kidlaydi.
Lyuga qo‘shilgan holda filmda Charlz Melton (“May dekabr”) ham rol ijro etadi. Rejissyorlik vazifasini “Xayrlashuv” dramasi bilan tanilgan Lulu Van bajaradi. Prodyuserlar orasida Barak va Mishel Obama ham bor.
Filmning qachon namoyish etiladigi hali aniq emas. Laika`ning navbatdagi “Yovvoyi o‘rmon” multfilmi 2026-yilda ekranlarga chiqadi.