Turk aktrisalari: 2025-yilda ona bo‘ladigan mashhur va go‘zal aktrisalar


2025-yilda 5 nafar mashhur turk aktrisasi ona bo‘ldi yoki ona bo‘lishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Muxlislar ularning farzandli bo‘lishini intiqlik bilan kutishdi, tug‘ruqdan keyingi dastlabki haftalarini kuzatishdi va Instagram orqali ularning hayotidagi o‘zgarishlardan xabardor bo‘lib turishdi. Xo‘sh, ular kim?
Neslihan Atagul
“Sevgi iztirobi” seriali yulduzi va uning mashhur turmush o‘rtog‘i Kadir Dogulu 2025-yil yanvar oyida ota-ona bo‘lishdi, bu quvonchli voqea esa ularning nikohidan 9 yil o‘tib sodir bo‘ldi!
Homiladorlik davrida aktrisa kino olamidan uzoqlashdi va hatto yangi seriallardan birida rus qahramoni rolidan voz kechdi. U shunchaki hayotdan zavqlanib, Instagram sahifasida baxtli onlari suratlari bilan bo‘lishdi.
Neslihan Atagulning birinchi farzandi dunyoga kelgani haqidagi xabar turk ommaviy axborot vositalari orqali ma’lum bo‘ldi: aktrisaning o‘zi esa hanuz sukut saqlamoqda va onalikning ilk oylaridan zavqlanmoqda. Ayniqsa, homiladorlik davrida jamoatchilikning haddan tashqari e’tibori va farzandining sun’iy urug‘lantirish (EKO) orqali tug‘ilgani haqidagi mish-mishlar uni ancha charchatgan edi.
Melisa Asli Pamuk
“Sevgi iztirobi” serialidagi hamkasbi Ataguldan farqli o‘laroq, Melisa homiladorlik va farzandining tug‘ilganini yashirmadi. Chaqulog‘i dunyoga kelishi bilanoq, u Instagram sahifasida kichik qo‘lchasining suratini joyladi. Avval esa homiladorlik davridagi chiroyli suratlari bilan obunachilarini quvontirib kelgan edi.
Aktrisa 2025-yil 29-yanvarda ona bo‘ldi: endi u va turmush o‘rtog‘i qizalog‘i Mulanni katta qilishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Melisa Asli Pamuk 2024-yil bahorida Yusuf Yaziji bilan turmush qurgan. Aktrisa shaxsiy hayoti haqida kam gapiradi va erining faoliyatini oshkor qilmaydi. Hatto turmushga chiqqani ham uning Instagram profilidagi familiya o‘zgarishidan so‘nggina ma’lum bo‘ldi.
Zeyneb Tugche Bayat
Fevral oyi boshida “Hukmdor Usmon” seriali yulduzi va uning turmush o‘rtog‘i, aktyor Jansel Elchin o‘g‘il farzandli bo‘lishdi. Ular kichkintoyga Atlas deb ism qo‘yishdi.
Aktrisa homiladorligiga qaramay, oxirgi kungacha ishlashda davom etdi: u Netflix’ning ikkinchi mavsumdagi “Rahmat, keyingisi” turk serialida homilador holda suratga tushdi. Aytilishicha, chaqaloq ota-onasi uchun katta mo‘jiza bo‘lgan, chunki ular 2020-yilda turmush qurganlaridan keyin uzoq yillar farzand kutishgan.
Endi muxlislar kichkina Atlasning ilk rasmlarini intiqlik bilan kutishmoqda. Albatta, aktrisa ular bilan bo‘lishadi, chunki Zeyneb homiladorlik davrida juda ochiq bo‘lib, har lahzani suratlar va videolar orqali saqlab qolishga harakat qilgan edi.
Pinar Deniz
2024-yil kuzida “Hukm” seriali yulduzi uzoq yillik sevgan insoni Kaan Yildirim bilan turmush qurdi. O‘shanda ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari bu nikohning shoshilinch o‘tkazilganiga hayron qolib, aktrisaning homiladorligi sababli bo‘lgan deb o‘ylashdi.
Holbuki, juftlik bir necha yildan beri birga edi va allaqachon nikohni rejalashtirishgan edi. Biroq ba’zi izohchilar qisman haq bo‘lib chiqdi – aktrisa haqiqatan ham homilador holatda turmushga chiqqan. Ularning nikoh to‘ylari Rimda bo‘lib o‘tdi va marosim oddiy tarzda o‘tkazilib, unda faqat eng yaqin kishilari ishtirok etdi.
Homiladorligi haqidagi xabarni Pinar Parij moda haftaligida tasdiqladi – u shouda dumaloqlashgan qorni bilan sahnaga chiqdi. Keyinchalik esa u o‘g‘il farzand kutayotganini ma’lum qildi.
Gizem Karaja
Aktrisa Gizem Karaja yaqin orada ona bo‘lishga tayyorlanmoqda, hozir esa homiladorlik haqidagi ilk taassurotlari bilan bo‘lishmoqda. U bu davr hayotining eng baxtli kunlari ekanini aytib, jarayon juda qulay kechayotganini ma’lum qildi.
“Menga homiladorlik davrida eng yoqadigan narsa – xohlagan barcha narsalarni yeyishim mumkinligi va endi parhez qilishim shart emas”, – deydi u intervyuda.
Gizem hali farzandining jinsini oshkor qilishni istamayapti, chunki u ko‘z tegishidan qo‘rqadi. “Muxlislar barchasini vaqt o‘tib bilib olishadi”, – deydi u.
“To‘g‘on” seriali yulduzi 2017-yilda tadbirkor Kemal Ekmekchi bilan turmush qurgan edi. Homiladorligini bilganidan so‘ng, aktrisa faoliyatini vaqtincha to‘xtatishga va ona bo‘lishga tayyorgarlik ko‘rishga qaror qildi.