РУ
O’Z
UZS
/
/
Makoley Kalkin “Uyda yolg‘iz” filmining eng yaxshi qismi qaysi ekanini aytdi
09.08.2025

Makoley Kalkin “Uyda yolg‘iz” filmining eng yaxshi qismi qaysi ekanini aytdi

Makoley Kalkin “Uyda yolg‘iz” filmining eng yaxshi qismi qaysi ekanini aytdi

“Uyda yolg‘iz” komediyasi yulduzi Makoley Kalkin Hot Ones ko‘rsatuvining mehmoni bo‘ldi. Suhbat paytida u filmning davomi “Nyu-Yorkda adashib qolgan”ni ikki qismning eng yaxshisi deb ta’kidladi.

“Menga ko‘proq haq to‘lashgan. Chamasi, sof sotuvning 5 foizi va filmdagi barcha mahsulotlar sotuvining 15 foizi menga tegishli. Agar siz Talkboy [filmda Kevin Makkallister foydalangan kassetali diktofon]ni xarid qilsangiz, 15 foizini o‘zimga olaman, katta rahmat!” - deya izoh berdi Kalkin.

Ilk “Uyda yolg‘iz” filmi 1990-yilda, “Nyu-Yorkda adashib qolgan” esa 1992-yilda ekranlarga chiqqan. Filmlar jami 835 million dollar yig‘di. Kalkin birinchi qism uchun 110 ming dollar, davomi uchun esa 4,5 million dollar gonorar olgan.

Kalkin yaqin orada Prime Video`ning “Follaut” seriali ikkinchi mavsumida ko‘rinish beradi.

Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.