“Malikam endi qara”: Hande Erchel va Burak Deniz ishtirokidagi serial haqida umumiy ta’rif


“Malikam endi qara” – 2016-yilda chiqarilgan turk seriali bo‘lib, zamonaviy kinematografiya yulduzlari Hande Erchel va Burak Denizni mashhur qilgan serial hisoblanadi. Ushbu serial nima uchun shunchalik ommalashgani va tomoshabinlarni uni qayta-qayta tomosha qilishga undayotganini aniqlab olishga qaror qildik. Shuningdek, “Malikam endi qara”ning barcha seriyalariga havolalar ham qo‘shdik, balki, kerak bo‘lib qoladi!
“Malikam endi qara”: syujeti
Serial syujetining “yuragida” kichik shahardan chiqib, poytaxtni zabt etishni orzu qilgan go‘zal qishloq qizi Hayatning hikoyasi tasvirlangan. Hayat eng yaqin dugonalari bilan birga Istanbulga ko‘chib o‘tadi.
Murod – poytaxtning kelishgan yigiti va boy oilaning merosxo‘ri bo‘lib, u hech qanday qiyinchiliksiz yashaydi. Uning yagona tashvishi – qayerda ovqatlanish va qayerga dam olishga borish.

Ikkala qahramon bir-birlaridan bexabar, ularning birinchi uchrashuvi esa nafrat va kuchli tuyg‘ularga bilan amalga oshadi. Vaqt o‘tishi bilan his-tuyg‘ular ustun chiqadi: bir-biridan keskin farq qiladigan ushbu qahramonlar o‘rtasida haqiqiy sevgi yuzaga keladi. Lekin, ular barcha qiyinchiliklar va hayotiy sinovlarga qaramay bu sevgini saqlay oladimi? Spoiler: ularning sinovlari juda ko‘p bo‘ladi.
Aktyorlar:
Serialning asosiy rollarida o‘sha paytda kam tanilgan Hande Erchel va allaqachon mashhur bo‘lgan Burak Deniz rol o‘ynagan. Aytilishicha, Hayat roli aktrisaning kino olamiga “oltin chiptasi” bo‘ldi: shu loyiha tufayli uning “Eshigimni taqillat” seriali prodyuserlari e’tiborga olishdi – shu serialdan so‘ng aktrisa boy va mashhur bo‘lib ketdi.
Burak Deniz uchun esa, Murod roli unga nafaqat Turkiyada, balki butun dunyoda eng ko‘p maosh oladigan turk aktyorlardan biri deb e’tirof etilishiga va muxlislarning chin dildan sevgisini qozonishiga sabab bo‘ldi.

Qiziqarli fakt: “Malikam endi qara” aktyorlari bir necha marta birgalikda suratga olishgan. Sevishganlar rolini o‘ynaydigan ushbu juftlik o‘rtasidagi ishqiy munosabatlar 2023-yilda detektiv seriali “Butunlay boshqacha” suratga olish maydonchasida ro‘y berdi.
“Malikam endi qara”: necha seriya va mavsumdan iborat
Serial 2016-yilda ekranga chiqqan va to‘liq bir yil davomida namoyish etilgan. Garchi “Malikam endi qara” bir mavsumdan iborat bo‘lsa-da, unda uchta mini serialni eslatadigan 82 ta seriya mavjud. Har bir seriya shunchalik qiziqarliki, siz uni bir kechadayoq tomosha qilishni xohlaysiz. “Malikam endi qara”ning barcha seriyalari uchun havola bu yerda.