18.07.2025
Netflix Assasin’s Creed asosida serial tayyorlamoqda


Muallif
Shohzamon Shuhratov
Netflix Assasin’s Creed o‘yini asosida serial ishlab chiqarishni rasman boshladi.
Loyiha besh yil oldin e’lon qilingan bo‘lsa-da, faqat endigina jonlanish alomatlarini ko‘rsatdi.
TelecomTV xizmatiga 7 kunlik bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.
Quyidagi tugmani bosing va hoziroq boshlang!

Shu vaqt mobaynida serial bir nechta muallifni almashtirdi, oxir-oqibat Roberto Patino (“Yovvoyi G‘arb dunyosi”) va Devid Uiner (“Ajoyib yangi dunyo”) ustida to‘xtaldi.
Hozircha syujet tafsilotlari mavjud emas, aktyorlar tarkibi ham e’lon qilinmagan. Bu Netflix va Ubisoft kompaniyalarining birinchi hamkorlik loyihasi bo‘ladi.