Oldin va hozir: “Doktor Xaus” seriali aktyorlari 20 yil ichida qanday oʻzgardi?
Doktor Xaus — genial shifokor-tashxischi Gregori Xaus va uning jamoasi haqidagi amerikancha teleserial. Serial butun dunyo miqyosida ommaviylashgan va bir necha marotaba Emmy va Peabody Award kabi nufuzli kinomukofotlarga ega boʻlgan.
Serialning ilk qismi 2004-yilning 16-noyabrida Fox telekanalida efirga chiqdi. Teleserialdagi turli xil personajlar Sherlok Holms olamidagi odamlarning ismiga ega, jumladan, ikkinchi mavsumning “Sababsiz” nomli soʻnggi qismida House aqlini yoʻqotgan “Moriarti” ismli bosqinchi tomonidan yaradorlanadi, bu Holmesning qasoskorini ham ismidir.
Taniqli ingliz aktyori va musiqachisi Xyu Lori (Doktor Gregori Xaus)ga 2016-yil 25-oktyabrda Hollywood Walk Of Fame xiyobonida yulduz oʻrnatilgan. U 2024-yilda “Tehron” serialida Erik Piterson obrazini gavdalantirdi. Shu paytgacha aktyor haqida uchta hujjatli film ham suratga olingan.
Robert Shon Leonard (Doktor Jeyms Uilson) 2008-yilda Gabriyella Salik bilan turmush qurgan, hozirda ularning uch nafar farzandi bor. Aktyor soʻnggi yillarda katta kinoda unchalik ham faol emas. U 2023-yilda “Oltin davr” teleserialida Lyuk Forte rolini ijro etdi. Teatr sahnasida esa “Xiyonat” nomli dramada Jerri rolini ijro qilmoqda.
Liza Edelshteyn (Doktor Liza Kaddi) Xausgacha ham juda koʻplab rollarni ijro etgan, ammo unga tom maʼnodagi mashhurlik aynan shifokor rolidan keyin yogʻildi. Aktrisa soʻnggi yillarda sermahsul ijod qilib kelmoqda. Jumladan, “Hammasi dabdala” filmida Reychl, “Mitti qush” serialida esa Golda Rozenblum obrazlarini gavdalantirdi.
Serialda doktor Robert Cheyz rolini ijro etgan aktyor Jessi Spenser ayni vaqtda 45 yoshda. Aktyor 2007-yilda People jurnalining “Dunyoning eng goʻzal 100 odami” roʻyxatiga kiritilgan. Spenser jamoadoshlaridan farqli oʻlaroq, faol aktyorlik karyerasini qurmadi. U 2024-yilda “Kosmik asrning soʻngg kunlari” deb nomlanuvchi serialda Toni Bisset rolini ijro qildi.
Jennifer Morrison (Doktor Ellison Kemeron) 2024-yilda qiz farzand dunyoga keltirdi. Aktrisa ayni vaqtda televideniyeda boshlovchilik faoliyati bilan shugʻullanadi. Shuningdek, u ABC telekanalining “Kunlardan bir kun” deb nomlangan serialining doimiy qatnashchisi hisoblanadi. Morrison 2024-yilda “Treker” serialida Lizzi Xouking obrazini gavdalantirdi.