iPhone 16 xarid qilishning beshta jiddiy sababi. Ushbu model Prodan nimasi bilan ustunligi haqida so‘zlab beramiz va uni qayerdan sotib olishni ko‘rsatamiz
Apple kompaniyasi iPhone 11 dan boshlab smartfonlar qatorini ikkita asosiy: oddiy seriya va Pro modellari tarmog‘iga ajratdi. Ularning narxlari o‘rtasidagi farq ancha sezilarli va qaysi birini xarid qilish kerak degan savol tug‘iladi. Toping.uz yangi iPhone 16 ni o‘rganib chiqdi va Pro emas, aynan Pro 16 versiyasini tanlashning beshta asosiy sababini topdi.
Birinchi sabab: narxi
AQSHda Pro-modeli – sotuvi 1000 dollardan boshlangan bir vaqtda iPhone 16 rasmiy 800 dollardan xarid qilinadi. Bu deyarli katta farq bo‘lib, unga asl telefon g‘ilofini va MagSafe simsiz telefon quvvatlantirgich blokini sotib olish mumkin. Qolaversa, Pro versiyasi unchalik ham farq qilmaydi - to‘g‘ri, materiallari boshqacha, telefoto-sensor mavjud (sifatni yo‘qotmagan holda optik kattalashtirib beradi), ekranni yangilash chastotasi 60 Gs o‘rniga 120 Gs. Ammo bunday afzalliklar juda ham qimmatga tushmaydi.
Ikkinchi sabab: о‘ziga xos ranglar
Pro modelining ranglari ketma-ket ikkinchi yil tushunarsiz chiqmoqda: aytaylik, ularning rangi: qora, oq, tillarang va “tabiiy titan” rangi - unchalik ham tanlov yo‘q, deyarli zerikarli, yorqin emas. Ilgari Pro modellari o‘zining ajoyib ranglari bilan ajralib turardi, masalan, iPhone 13 Proning ajoyib zumrad varianti bo‘lgan, iPhone 14 Pro esa to‘q binafsha rangi bilan ajralib turgan.
Ammo oddiy iPhone 16 modellari juda ham rang-barang. An’anaviy qora va oq ranglarga qo‘shimcha tarzda pushti, yashil va ko‘k ranglar ham taklif etiladi. O‘ziga xos universial bo‘lgan mazkur ranglar sof tarzda, ammo shu bilan birga, to‘q va alohida ajralmagan holda qabul qilinadi.
Uchinchi sabab: quvvati ham deyarli bir xil
Apple iPhone 16 ga A18 chipini o‘rnatdi. U ikkita hosila va to‘rtta unchalik ham talab qilinmaydigan vazifalarga quvvati samarali bo‘lgan oltita yadroga ega. Kamiga sun’iy intellekt - Siri ovozli yordamchisi, Face ID shaxsni aniqlash tizimi, to‘ldirilgan voqelik va shunga o‘xshash funksiyalari bilan bog‘liq vazifalarga foydali ishlov berishga mo‘ljallangan 16-yadroli Neural Engine ham mavjud.
Shu bilan birga, iPhone 16 Proda yanada kuchli A18 Pro chipidan foydalaniladi. Ammo Apple taqdimotda tizimlar o‘rtasidagi farqni ma’lum qilmadi va bunga ular orasidagi tafovutning deyarli sezilmasligi sabab bo‘lgan. Beebom jurnalistlari testlarda ikkala chipni ham solishtirib ko‘rishdi. A18 Pro haqiqatan ham… bir yadroli masalalarda 5% va ko‘p yadroli sinovlarda 15% ga samaraliroq. Aslida bu farqni foydalanuvchi hech qachon sezmaydi. Hech bo‘lmaganda, hatto oddiy A18 ham o‘ta kuchli va uni rostakamiga yuklaydigan ilovani topish qiyin.
To‘rtinchi sabab: Applening butun zamonaviy to‘plami
iPhone 16 kompaniyaning eng muhim texnologiyalari bilan jihozlangan. Smartfonda MagSafe qo‘llab-quvvatlovchi magnitli interfeys (simsiz quvvatlantirgich va aksessuarlar - masalan, kartalarni ushlab turuvchilarda qo‘llaniladi), USB-C qismi, displeydagi “dinamik orol” mavjud. Sun’iy intellektning funksiyalari iPhone 16 ga nisbatan ham tatbiq etiladi. Eslatib o‘tamiz, o‘tgan avlodda iPhone 15 Pro yo‘nalishidagi modellar SIning to‘liq qo‘llab-quvvatlanishiga loyiq topilgan edi. Hozirgi avloddan boshlab esa Pro va “Pro bo‘lmagan”lar o‘rtasida farq qolmadi.
Beshinchi sabab: yilning hatto eng muhim yangiligi ham mavjud
Apple ko‘p yillar davomida ilk bor suratga olishni boshqarish uchun yangi tugma - Camera Controlni joriy qildi. U ko‘p funksiyali bo‘lib, bosish va imo-ishoralarning turli kuchini taniydi. Kameraning professional imkoniyatlariga yanada ko‘proq e’tibor qaratib, faqat Pro-chiziqda tugmadan foydalanilsa, mantiqan to‘g‘ri bo‘lar edi.
Biroq kompaniya Camera Controlni iPhone 16/iPhone 16 Plusda ham qo‘llagan. Shunday ekan, smartfonlarning eng yangi funksiyalarini sinab ko‘rishni xohlasangiz, Pro modellarini sotib olishingiz shart emas.