РУ
O’Z
UZS
/
/
Munisa Rizayeva farzandli boʻldi. Chaqaloqning jinsi maʼlum qilindi
24.11.2024 (yangilandi 24.11.2024)

Munisa Rizayeva farzandli boʻldi. Chaqaloqning jinsi maʼlum qilindi

Munisa Rizayeva farzandli boʻldi. Chaqaloqning jinsi maʼlum qilindi

Taniqli qoʻshiqchi Munisa Rizayeva vanihoyat ona boʻldi. U oʻgʻil chaqaloqni dunyoga keltirdi. Bolakayga Muhammad yoki Daniel ismi qoʻyiladi.

38 yoshli xonanda Munisa Rizayeva 24-noyabr kuni ilk marta ona boʻldi. U Argentinaning Buenos-Ayres shahrida joylashgan klinikalardan birida oʻgʻil farzandni dunyoga keltirgan.

Xonandaning singlisi Karima Rizayeva “Ura. Allohning irodasi bilan xola boʻldim” deb yozib qoldirdi. Munisaning oʻzi esa “Hozir men Toshkentdan uzoqdaman, lekin siz bilan ruhan birgaman” deya taʼkidlagan.

Munisa bir necha kun avval Instagramʼdagi sahifasi orqali muxlislarining savollariga javob berar ekan, farzandini kesarcha kesish yoʻli bilan dunyoga keltirishni rejalashtirayotgani haqida aytib oʻtgandi.

Biroz avval xonandaning farzand dunyoga keltirgani haqida xabarlar tarqalib ketgandi. Rizayeva bunga rasmiy munosabat bildirib, hali ona boʻlmaganini aytgandi. Shuningdek, uning kiyimi tanqidlarga ham sabab boʻlgandi.