Toping.uzʼda afisha: Janona dam olish kunlarida qayerlarga borishni yoqtirishini aytdi
Kuzning uchinchi oyi boʻlgan noyabrning ilk haftasi ham yakuniga yetmoqda. Poytaxt koʻchalari kuzga xos boʻlgan tillarangga burkangan, havo esa ancha sovib, yogʻingarchilik boshlandi. Bloger Janona bilan oltin kuzdagi Toshkent haqida suhbat olib bordik.
Hordiq
Botanika bogʻi sayr qilish uchun juda mos, Tashkent City va Moviy gumbazlar xiyoboni ham oʻziga xos atmosferaga ega.
Umuman, men oʻzim yashaydigan xonadon yaqinidagi mahallalarda, tabiat qoʻynida, markazda sayr qilishni yaxshi koʻraman. Men ijodkor odamman va Toshkentning koʻplab burchaklarini goʻzal deb bilaman.
Kino
Kino, film, seriallarni yaxshi koʻraman. Haftasiga kamida 3-4 ta film koʻrishga harakat qilaman. Doimo koʻrgan filmlarim haqida oʻz fikrim bilan oʻrtoqlashaman va oʻz tavsiyalarimni aytaman. Oxirgi yangiliklardan boʻlsa, “Substansiya” va “Dogmen”ni tomosha qilishni tavsiya qilaman.
Taom
Soʻnggi paytlarda restoranlarga kamroq qatnay boshladim, lekin avvallari har kuni borardim. Ovqatlanishni yaxshi koʻraman: Kurantы, Bistecca, palov yegim kelganda esa, albatta, Beshqozonni tanlayman. Shashlik esa ekoparkda zoʻr tayyorlanadi!
Men shirinlikxoʻrman: Giotto, Hamdizade va CakeLab kabi kafelarga borib turaman. Men har xil yangi joylarga borishni yaxshi koʻraman, lekin juda talabchan va injiqman, shuning uchun manzil menga yoqishi qiyin.
Xarid
Oxirgi vaqtlarda ayollik jozibasini toʻliq koʻrsatadigan, qaddi-qomatimni namoyon etadigan kiyimlarni koʻproq xarid qila boshladim. Avvallari sport kiyimlarida yurardim.
Dugonam bilan doʻkonga borishni, tendensiyalarni kuzatishni yaxshi koʻraman, lekin har doim oʻz xohishlarimga tayanaman. Menimcha, odamlar oʻzlari yoqtirgan narsani kiyishlari kerak.
Men Zara, Massimo Duti kabi brend kiyimlar va mass marketlarni yaxshi koʻraman. Kiyim tanlashda unda oʻzingizni qanday his qilayotganingizga eʼtibor berishingizni maslahat beraman. Kiyimda oʻzingizni ishonchli, chiroyli va jozibali his qilishingiz kerak.
Tadbir
Rivojlanish bilan bogʻliq tadbirlarga qatnashishni yaxshi koʻraman, masalan, bizga xalqaro darajadagi psixologlar tashrif buyurganda, albatta, uchrashuvlarga qatnashaman. Shuningdek, muzeylar, sanʼat koʻrgazmalari va teatrlarga borishni yaxshi koʻraman. Men har qanday turdagi tadbirlar, konsertlar va chiqishlar tarafdoriman. Koʻproq sanʼat tadbirlari boʻlishini xohlayman!
Xolst Uz loyihasi
Bolaligimdan rasm chizaman, oʻsmirligimda isteʼdodimni payqab qolishgan va shu paytdan men turli tanlovlarda qatnasha boshlaganman. Respublika boʻyicha birinchi oʻrinlarni qoʻlga kiritardim. Keyinchalik men ijodiy koʻnikmalarimni oshirishni davom ettirdim, kurslarga bordim, rassomlardan tahsil oldim va hatto chet elda grafik dizayn kurslarini tugatdim, shundan soʻng men faol ravishda buyurtma asosida rasmlar tayyorlay boshladim.
Oʻzim yaratadigan asarlarning har biriga muhabbat bilan yondashaman. Aynan shu meni va mening ijodimni oʻziga xos qiladi, deb hisoblayman. Yetakchilik qobiliyatim va biznesvumen xarakteriga ega boʻlganim uchun men studiya ochishga qaror qildim, shundan soʻng Xolst (Instagram'da Xolst Uz) ijodiy studiyasi ochildi.
Bu mening birinchi loyiham boʻlib, u menga pedagogikada cheksiz tajriba, qiziqarli loyihalarni amalga oshirish va koʻplab ijobiy taassurotlarni berdi. Odamlar bilan ishlash meni psixologiyani oʻrganishga yoʻnaltirdi. Hozirgi kunda men psixolog diplomiga egaman! Tez orada yana bir yangi loyihaga qoʻl uraman. U ham men kabi goʻza, erkin va ijodiy boʻladi!