верхний кино
РУ
O’Z
UZS
/
/
To‘y sovg‘asi: yangi turmush qurganlarga yoqadigan 55 ta g‘oya
17.04.2025

To‘y sovg‘asi: yangi turmush qurganlarga yoqadigan 55 ta g‘oya

To‘y sovg‘asi: yangi turmush qurganlarga yoqadigan 55 ta g‘oya

To‘y – bu muhim voqea va shu to‘yga boradigan har bir mehmon yangi oila uchun yillar davomida esda qoladigan sovg‘a tanlashni xohlaydi. Har yili bozorda tobora ko‘proq noodatiy mahsulotlar paydo bo‘layotgani sababli, ayni bir narsani tanlash qiyinlashmoqda. Bu borada sizga yordam berish uchun biz to‘yga beriladigan sovg‘alarning 55 ta – klassik variantlardan tortib zamonaviy trendlargacha yangicha va qiziqarli to‘y sovg‘alar g‘oyasini tayyorladik.

image

Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!

icon

To‘y sovg‘asi: g‘oyalar

Har doim dolzarb bo‘ladigan klassik sovg‘alar

Blue Floral Harmony Ceramic Tea Cup Wedding Gift Sets

1. Choy yoki qahva servisi. Choy marosimlari uchun uslubli “piyola/tarelka” to‘plami yangi juftlikni kelajakda quvontiradi.

2. Sifatli yotoqxona choyshablari. Paxtali yoki ipakli to‘plam – eng yoqimli va mustahkam uyqu uchun kerakli narsa.

3. Oshxona gajetlari. Multiblender, aerogril yoki qahva mashinasi – har bir uyning ishonchli yordamchilari.

4. Dam olish uchun sovg‘a sertifikati. Ular birinchi safar joyini o‘zlari tanlashsa ajoyib bo‘ladi. Bu albatta chet el bo‘lishi shart emas, yon atrofdagi shahar ham bo‘lishi mumkin.

5. Idish yuvish mashinasi. Amaliy, qulay va qo‘l terisini asraydi. Bu sovg‘ani har gal foydalanilganda, ular sizni esga oladi.

6. Sharob to‘plami. Go‘zal dekanter va sharob bokallari – estetikani sevuvchilar va o‘zini somelye sifatida sinab ko‘rmoqchi bo‘lganlar uchun ajoyib variant.

7. Rasm ramkalari. Uslubli ramkalar, to‘y fotosessiyasi va asal oyi suratlari uchun ayni muddao.

8. Oilaviy retseptlar kitobi. Avloddan-avlodga o‘tadigan retseptlarni yozib borish uchun – zo‘r an’ana!

Original va noodatiy sovg‘alar

Ищете оригинальный свадебный подарок? Online Star Register ждет Вас!

9. Kino uslubidagi fotosessiya. Yangi turmush qurganlar uchun sevimli filmlari/seriallari asosida noodatiy fotosessiya uyushtirish.

10. Juftlik uchun miniatyur daraxt yoki xonaki gul. Ularning sevgisi bilan birga o‘sib, gullaydigan maxsus o‘simlik.

11. Pizza pechi yoki gril. Agar juftlik pazandachilikka qiziqsa, bu eng zo‘r tanlov.

12. Shaxsiy katta surat. Sevimli surat asosida portret yoki rasm ularning mehmonxonasiga juda mos tushadi.

13. Qutili mini-bog‘. Yangi turmush qurganlarning uyini bezab turadigan uy, kvartira yoki balkon uchun uslubli o‘simliklar.

14. Massaj yostiqchasi. Og‘ir ish kunidan so‘ng dam olish uchun sovg‘a. Yostiqcha turli rejimlarga ega, bu esa har bir kishi o‘ziga mos rejimni moslab olishi mumkin.

15. Noodatiy chiroq. Rang o‘zgartiradigan chiroq yoki ramziy tungi chiroq – yotoqxona uchun ajoyib bezak bo‘ladi.

16. Retro kamera. Oldingi uslubda fotosuratlarga tushish ishqibozlari uchun.

17. Osmondagi yulduz.  To‘y sharafiga juftlik nomiga yulduzni kassada yoki onlayn tarzda ro‘yxatdan o‘tkazish – ularni lol qoldirishi aniq!

Trend sovg‘alar

Мультипроектор Xiaomi Wanbo XS01 с полной поддержкой Apple TV,  LED-подсветкой и встроенной аудиосистемой | iG-Store

18. Aqlli uy gajetlari. Masalan: “Alisa” kolonkasi, termostatlar yoki aqlli lampochkalar to‘plami.

19. Aqlli soatlar. O‘z sog‘lig‘i va jismoniy holatini nazorat qiladigan juft beriladigan sovg‘a.

20. Elektr samovar. Retro uslubi va noodatiy narsalarni sevuvchilarga uy uchun noyob va retro uslubdagi sovg‘a.

21. VR-ko‘zoynaklar. Texnologiya yangiliklarini sevuvchilar uchun.

22. Video olish uchun dron – ajoyib lavhalarni muhrlash uchun. Balki aynan shu sovg‘a yangi vlog yaratishlariga turtki bo‘lar.

23. Obuna xizmatlari. Spotify, Netflix, Telecom TV va boshqa ko‘ngilochar xizmatlarga obuna xizmatlarini xarid qilish birgalikda vaqt o‘tkazish uchun ajoyib sabab.

24. Konsert yoki teatr chiptalari. Sevimli ijodkor yoki spektakl premyerasiga chipta.

25. Uy hayvonlari uchun aqlli gajet. Agar juftlikda uy hayvoni bo‘lsa, bu ularning “birinchi farzandi” uchun ajoyib sovg‘a bo‘ladi.

26. Birgalikda yoga obunasi. Sport va dam olishni sevuvchi juftliklar uchun.

27. Film tomosha qilish uchun proyektor. Do‘stlar bilan yoki ikki kishilik kino kechalarini uyushtirib sevimli filmlarni tomosha qilish uchun.

Sayohat qilishni yaxshi ko‘radiganlar uchun

Купить Карта мира со скретч-слоем в Минске

28. Sayohat sertifikati. Agar imkoningiz bo‘lsa, asal oyi uchun joy tanlash imkoniyatini bering.

29. Sayohat to‘plami. Sayohatni qulay qiluvchi narsalar – sumka, quvvatlovchi moslama, organayzer kabilar jamlangan to‘plam.

30. Kiyimlar uchun sayohat chexollari. Ko‘ylaklar/shimlar holatini saqlovchi va chamadonga ularni tartib bilan joylashga yordam beradigan zamonaviy aksessuarlar.

31. Sayohatchilar xaritasi. Unga borilgan davlatlarni belgilash mumkin – u motivatsiya vazifasini o‘taydi.

32. Faol dam olish uchun ryukzak. Tog‘ sayohatlari va shahar tashqarisidagi safarlar uchun ideal tanlov.

33. Portativ quvvatlovchi. Har qanday uzoq safar uchun kerakli moslama.

Uy va shinamlik uchun

20 ароматических свечей, которые добавят уюта в интерьер | Glamour

34. Xushbo‘y shamlar to‘plami. Bunday shamlar noodatiy hidlarga ega bo‘lib, uyda qulay va jozibali muhitni yaratadi.

35. Chiroyli pled (adyol). Yumshoq va issiq pled, sovuq havolarda yoki ish kunidan keyin o‘ralib olish uchun ajoyib sovg‘a bo‘ladi: juftlik uchun kattasini oling.

36. Noyob dizayndagi keramika piyolalar. Minimalistik, shaxsiy yozuvli yoki o‘ziga xos rasmlar bilan yasalgan bunday jihozlar sovg‘a egalariga yoqishi aniq. O‘ziga xos g‘oyalar uchun Pinterest’dan ilhom olishingiz mumkin.

37. Isitiluvchi ko‘rpa – sovuq mavsumda juda qo‘l keladi, ayniqsa sevishganlar bir-biridan uzoq bo‘lgan paytlarda iliqlik beradi.

38. Sevgi haqida chiroyli iqtiboslar yozilgan rasmlar – omantiklar va interyerga o‘ziga xoslik kiritmoqchi bo‘lganlar uchun.

39. Mini-bar – kechalarni biror ichimlik iste’mol qilib o‘tkazishni sevuvchilar uchun.

40. Devor uchun dekorlar. Uslubli oynalar, rasmlar yoki javonlarga qo‘yib uyda shinam muhit yaratadigan bezaklar.

Shinam muhit yaratish uchun

Шоколадное фондю с фруктами - рецепт в домашних условиях

41. Shokoladli fontan yoki fondyu – romantik kechki ovqatlar yoki ziyofatlar uchun.

42. Musiqiy kolonkalar – uyning har burchagida sevimli musiqa yangrashi uchun.

43. Noodatiy yostiqchalar. Rasm yoki yozuvli yostiqlar, yoshlarning shaxsiy uslubini ifodalashga yordam beradi.

44. LED-girlyandalar – interyerni bezatadi va shinam muhit yaratadi, ayniqsa bolkon uchun kabi joylarni ko‘zni quvontiradigan joyga aylantiradi.

45. Tabiat tovushlari qurilmasi – tropik o‘rmon yoki okean muhitini yaratadi. Bunday tovushlar insonni tinchlantiradi va uyqusizlikka qarshi foydali xususiyatlarga ega.

O‘ziga g‘amxo‘rlik uchun

LEBEN Увлажнитель воздуха 4 л. (246-021)

46. SPA-to‘plam. Dam olish va parvarish uchun hamma narsa – massaj moylari, krem, skrab, cho‘tkalar.

47. Elektr tish cho‘tkasi – tish va milk sog‘lig‘i uchun zamonaviy sovg‘a.

48. Termal suv va namlantiruvchi kremlar – teri parvarishiga mo‘ljallangan mahsulotlar.

49. Juftlik parfyumi – yoshlarning ikkalasiga ham yoqadigan romantik hidga ega uniseks atirlar.

5.0 Hammom uchun sovg‘a to‘plami – qo‘lda tayyorlangan sovunlar, vannaga tuz, aroma “bombochkalar” va boshqalar.

51. Havo namlagich. Ayniqsa qish mavsumida foydali sovg‘a bo‘ladi. Yozda esa havo tozalagich sovg‘a qilish mumkin.

Ijod va ilhom uchun

Печать на пазлах в Ставрополе

52. Kitob yoki albom – masalan: san’at, fotografiya, moda, arxitektura va dizayn haqida.

53. Rasm chizish yoki hunarmandchilik to‘plami – o‘z qo‘li bilan biror narsa yaratishni yaxshi ko‘radiganlar uchun.

54. Shaxsiy surat bilan pazllar – yangi turmush qurganlarning suratidan iborat pazllar – qiziqarli va samimiy sovg‘a.

55. Turli kurslarga obuna. Raqs, pazandachilik, keramika – yangi oila uchun qiziqarli mashg‘ulot tanlang.

Bu qiziq

Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!
Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.