“Cheburashka 2” yangi treylerga ega bo‘ldi


Central Partnership “Cheburashka” filmining davomi uchun rasmiy treyler taqdim etdi. Film 2026-yil 1-yanvarda ekranlarga chiqadi.
Davom qismida Cheburashka voyaga yetadi va doim ham Genaning (Sergey Garmash) gapiga kirmay qo‘yadi. Bir kuni qahramon do‘stlari bilan birga kattalardan qochib, tog‘larga jo‘nab ketadi va u yerda yangi bir personaj bilan tanishadi.
Filmni Dmitriy Dyachenko suratga olgan. Cheburashka ovozini yana Olga Kuzmina ijro etgan. Ikkinchi darajali rollarda Yelena Yakovleva, Fyodor Dobronravov, Polina Maksimova, Yeva Smirnova va boshqalar suratga tushishgan.
Birinchi “Cheburashka” filmi 2023-yilda Rossiya kinoteatrlarida namoyish etilgan va 6 milliard rubldan ortiq mablag‘ yig‘gandi.