Diqqat, go‘zallik bisyor. Formula-1 poygachilarining mashuqalari: yorqin modellar, sportchi qizlar va teleboshlovchilar
“Formula-1” poygachilari har doim hammaning e‘tiborida bo‘lgan: qiziqarli ishdan tashqari (agar buni ish deb atash mumkin bo‘lsa), ular ommaviy reklama tadbirlarida qatnashadilar, xayriya va zodagonlarning tadbirlariga boradilar. U yerda esa paparatssilarning nigohi poygachilardan ularning sherigiga o‘tadi - hamrohlarning barchasi, odatda, juda kuchli taassurot qoldiradigan qizlar. Toping.uz hozirgi “Formula-1” uchuvchilarining mashuqalari tanlovini tuzdi.
Аleksandra Sen-Mlyo
Navnihol fransuz ayoli “Ferrari” poygachisi - 27 yoshli Monegask (Monakoda tug‘ilgan) Sharl Leklerni o‘ziga maftun etdi. Juftlik turli tadbirlarda tez-tez ko‘rinib turadi. Ular 2023-yildan buyon birga, yana ular Aleksandradan qolishmagan tarzda obyektivlarni o‘ziga qaratadigan Leo ismli sevimli kuchukchaga ham ega bo‘lishdi.
Ma’lumki, qiz Parijda san’at tarixini o‘rganmoqda. O‘qishiga qaramasdan, u hamrohiga madadi uchun tez-tez “Formula-1” Gran-priga tashrif buyuradi. Aftidan, bu Sharlga foyda qildi shekilli: shu yilgi mavsumda u eski dashnomdan qutuldi va nihoyat Monakodagi Gran-prida g‘alaba qozondi - o‘tgan yillarda Leker aynan uy trassasida ketma-ket muvaffaqiyatsizlikka uchragan edi. Hozir u mavsumdagi ochkolar bo‘yicha Lando Norris (McLaren) va Maks Ferstappen(Red Bull)dan keyin uchinchi o‘rinni egallab turibdi. Shuningdek, u 2022-yilgi mavsumning vitse-chempioni (ikkinchi o‘rin) ham hisoblanadi.
Кеlli Pike
Braziliyalik Kelliga bolaligidan “Formula-1” dunyosi yaxshi tanish: uning otasi Nelson Pike uch karra chеmpion bo‘lgan, akasi ham qirollik poygalarida qatnashgan. Qiz rossiyalik “Formula-1” poygachisi Daniil Kvyat bilan tanishgan, juftlik qiz farzand ko‘rishdi. Ajralishgach Kelly gollandiyalik Maks Ferstappen bilan ko‘risha boshladi, ular mana to‘rt yilga yaqin vaqtdan buyon birga.
“Red Bull” nomidan chiquvchi Maks ayni paytda “Formula-1”ning asosiy yulduzidir. 27 yoshida u uch marta jahon chempioni bo‘ldi va hozircha to‘xtash niyatida emas. Sobiq poygachilar va ekspertlar Ferstappenni Ayrton Senna va Mixael Shumaxer kabi afsonalar bilan ochiqchasiga taqqoslashmoqda.
Chempionatning amaldagi yetakchisini yosh farqi ham (Kelli 35 yoshda), farzand borligi ham qo‘rqitmayapti - fotosuratlarga qaraganda, Maks qiz bilan juda yaxshi munosabatda. Kellining o‘zi esa fotomodel, piarchi va bloger sifatida tanilgan.
Rebekka Donaldson
Ispaniyalik poygachi Karlos Sayns so‘nggi oylarni Ferrari boshqaruvida o‘tkazmoqda - keyingi mavsumda bu joyni yetti karra chempion Lyuis Xemilton egallaydi, uning o‘zi esa Williams jamoasiga jo‘naydi. Ma’lumki, Karlos shotlandiyalik model Rebekka Donaldson bilan uchrashmoqda, ammo bu haqda tafsilotlar kam – hamkorlar o‘zlarining shaxsiy hayotlari haqida gapirishmaydi.
Ular taxminan 2023-yilning o‘rtalaridan buyon yaxshi tanish. Rebekka Vogue kabi moda jurnallarining muqovalarida paydo bo‘lib turadi va suratga olishlar orasida Gran-priga keladi: uni Karlosning sherigi Sharl Leklerning mashuqasi Aleksandra Sen-Mle bilan Ferrari poyga hududida ko‘rish mumkin.
Fransiska Gomes
Fransiska, ya’ni Kika ham model bo‘lib ishlaydi. Bu Alpine (Renault poyga bo‘linmasi) jamoasida o‘ynaydigan fransuz Per Gaslining hamrohi. Kika Instagramda faol blog yuritib, u yerda suratga olish va, albatta, “Formula-1” bosqichlaridan olingan fotosuratlarni joylashtiradi.
Perga keladigan bo‘lsak, bu yilgi mavsum uning uchun ham, butun jamoa uchun ham unchalik yaxshi bo‘lmadi: mashina kutilganidan kuchsizroq bo‘lib chiqdi. Shunga qaramasdan, yaqinda Braziliyada bo‘lib o‘tgan poygada Alpine eng qiyin yomg‘ir sharoitida 2- va 3-o‘rinlarni egallashga muvaffaq bo‘ldi – bu ayniqsa juda kuchli Mersedes, Ferrari va McLaren ortda qolganda ajoyib natijadir.
Каrmen Montero Mundt
Qanchalik g‘alati tuyulmasin, ispaniyalik Karmen model emas. 28 yoshli qiz investitsiya va konsalting korporatsiyalari olamida o‘z karerasini qurmoqda. Karmenning so‘zlariga ko‘ra, u jahonda sodir bo‘lgan inqiroz oilasiga daxl qilganidan so‘ng moliya sohasida ishlashni xohladi. Qiz 26 yoshli Jorj Rassell bilan u hali Williams jamoasida o‘ynagan 2020-yildan buyon ko‘rishib turadi. Keyinchalik Rassel eng yaxshi jamoalardan biri - Mercedesga, Lyuis Xemiltonga sherik bo‘ldi. Darvoqe, yetti karra chempiongacha, ko‘rinishdan, poygachining doimiy sherigi bo‘lmagan - ammo bir muncha vaqt oldin u qo‘shiqchi Shakira bilan uchrashib yurgani haqida mish-mishlar ham mavjud.
Lyuis Ferrariga o‘tishi bilan Jorj Mercedesning “birinchi raqami”ga aylanadi. Omma oldida jamoalar poygachilarni “asosiy” va “ikkinchi darajali”ga ajratmaydi, lekin ko‘pincha bu, bir jamoaning poygachilari birin-ketin ketsa va rahbariyat chempionlik unvoni uchun ko‘proq ochko to‘plash maqsadida joylarini almashtirishlarini so‘raganda oson hisobga olinadi. Kelgusi yildan boshlab yangi kelgan Andrea Kimi Antonelli Jorjning sherigi bo‘ladi, shunday ekan, tajribali Rassell haqiqatan ham Mercedesning yangi yetakchisidir.
Lili Zneymer
Lilining yoqimtoy qiyofasiga qarab, unga qo‘rs yigitlar yoqadi, deb o‘ylamaysiz – Oskar Piastrini esa boshqachasiga ta’riflab bo‘lmaydi. 23 yoshli avstraliyalik debyut poygasi oldidan “Formula-1”da hazilakam janjal chiqarmadi. U Alpine (Renault) dasturining ishtirokchisi bo‘lib, jamoa rasmiy Twitter akkauntida 2023-yilgi mavsumda Oskar asosiy uchuvchi o‘rnini egallashi haqidagi muhim yangilikni e’lon qildi.
Piastri bundan xursand bo‘lishi kerak edi, ammo u Alpine bilan shartnoma imzolamaganini va umuman olganda boshqa jamoa bilan muzokaralar olib borayotganini aytdi. Bu britaniyalik McLaren edi. Fransuzlarning bundan g‘azabi keldi – Oskarga sud va ko‘p millionli miqdorda tovon to‘lash tahdid soldi. Ammo hammasini tartibga solishga muvaffaq bo‘ldi va yigit o‘zi xohlaganidek McLarenga qo‘shildi.
Piastrining hamrohi haqida ko‘p narsa ma’lum emas. Intervyuda poygachi hech narsani yashirishmasligini, lekin hayotini ham ko‘z-ko‘z qilmoqchi emasligini aytadi. Oskar va Lili Buyuk Britaniyada o‘qib yurganlarida maktabning yuqori sinflarida tanishgan va tez orada uchrashib boshlaganlar. Ular to‘rt yildan buyon birga.
Lili Muni Yo
Lili professional golfchi va ko‘plab turnirlar ishtirokchisi. Aftidan, xitoylikning “badavlatlar sporti” olamiga kirishiga AQShdagi mehmonxona va restoranlar sohasidagi yirik biznesmen otasi yordam bergan. Qiz 2020-yildan beri “Formula-1”ning uzoq yillik poygachisi Aleks Albon bilan uchrashib keladi. Chempionatlarning tig‘iz jadvalida vaqt topishga muvaffaq bo‘lsa, Lili o‘z yigiti uchun qayg‘urib, Gran-priga keladi. To‘g‘ri, Williams hozirgi kiyimda podiumga faqat tasodifan kelishi mumkin.
Aleksning karerasi oson kechmagan. 2019-yilda u Red Bull sho‘ba jamoasining Toro Rossosida ilk chiqish qildi. Keyin uni katta jamoaga o‘tkazishdi, ammo yetarlicha yuqori bo‘lmagan natijalar tufayli poygachi u yerda atigi bir yil qoldi. 2021-yilgi mavsumni Aleks o‘tkazib yubordi, odatda bu “Formula-1”da yomon belgi - raqobat shu qadar yuqoriki, ularning asosiy to‘ridan chiqib ketgan poygachilarga bolidga qaytish qiyin. Ammo Albonning omadi keldi: u Williams bilan uzoq muddatli shartnoma imzoladi va 2022-yildan hozirgi kungacha jamoada o‘ynamoqda.
Тiffani Kromvel
Yana bir sportchi qiz - faqat u velosipedchi. Aniqrog‘i, shosseda velosiped poygachisi. Tiffani o‘n yildan ortiq vaqt davomida professional musobaqalarda qatnashadi, vaqti-vaqti bilan g‘alaba qozonadi, 2021-yilda Avstraliya terma jamoasi safida Olimpiya o‘yinlarida debyut qildi.
2020-yildan beri u 35 yoshli fin poygachisi Valteri Bottas bilan uchrashib turadi. Poygachi 2013-yilda Williams uchun “Formula-1”da debyut qilgan va u yerda to‘rt mavsumni o‘tkazgan. Keyin u Mercedesga o‘tdi va 2021-yil oxirigacha Lyuis Xemiltonning sherigi bo‘lib, unga birin-ketin chempionlik unvonini qo‘lga kiritishda yordam berdi. 2022-yildan buyon Botas Alfa Romeo jamoasi a’zosi, u bu mavsumda Stake F1 Team Kick Sauberga aylandi.
Melissa Ximenes
Ispaniyalik teleboshlovchi ikki karra jahon chempioni Fernando Alonso (Aston Martin jamoasi) bilan ishqiy munosabatda, u hozirgi poygachilar tarkibining eng keksa uchuvchisi bo‘lib, 43 yoshda. Shunga qaramasdan, “Formula-1” faxriysi faoliyatini yakunlamoqchi emas va 50 yoshgacha musobaqalarda ishtirok etishini ma’lum qiladi.
Melissa futbolchi Mark Bartr (“Real Betis” klubi) bilan turmush qurgan, ularning nikohidan uch nafar farzand dunyoga kelgan. Ajrashgandan keyin u e’tiborini bolalarini tarbiyalash va karerasini rivojlantirishga qaratishga qaror qilgan edi, lekin, aftidan, jilmayib turgan Fernandoning nigohlariga dosh bera olmadi. Juftlik 2023-yilning aprel oyidan buyon uchrashmoqda.
**
Boshqa poygachilarga keladigan bo‘lsak, ular yoki uylangan va oilaviy ishlarini alohida e’lon qilmaydilar yoki ehtimol, butun e’tiborni “Formula-1”dagi karerasiga qaratgancha bo‘ydoqligicha qolishmoqda.