10.09.2025
Dueyn Jonson ishtirokidagi “Parchalovchi mashina” filmi yangi treylerga ega bo‘ldi


Muallif
Shohzamon Shuhratov
A24 “Parchalovchi mashina” filmining ikkinchi rasmiy treylerini e’lon qildi. Dueyn Jonson qatnashgan sport biografik filmi AQSHda 3-oktyabrda namoyish etiladi.
Film amerikalik aralash jang san’ati bo‘yicha kurashchi va ikki karra UFC chempioni Mark Kerrning hayoti va faoliyati haqida hikoya qiladi. Filmda shuningdek Emili Blant ham rol ijro etgan.
“Mashina” filmiga Venesiya kinofestivalining “Kumush sher” mukofotiga sazovor bo‘lgan Benni Safdi rejissyorlik qilgan. Film O‘zbekistonda namoyish etiladimi yoki yo‘qligi hozircha noma’lum.