Sochni chiroyli o‘rish: har xil holat uchun 7 xil oʻrish usuli
Soch o‘rimlari – bu hech qachon modadan chiqmaydigan abadiy klassika. Ularni ish, uchrashuv yoki bayramga turmaklash mumkin. Har xil vaziyatlar uchun mos keladigan va ajoyib ko‘rinishingizga yordam beradigan 7 ta soch o‘rimi usulini taqdim etamiz.
Fransuzcha soch o‘rimi
Har qanday kun uchun klassik va nafis yechim. Boshning tepasidan boshlab, asta-sekin ikkala tomondan soch tolalarini o‘rilgan sochga qo‘shib boring. Bu uslub oddiy kundalik foydalanish uchun ham, maxsus tadbirlar uchun ham juda mos keladi.
Baliq dumi soch turmagi
Bu soch o‘rimi murakkab ko‘rinsada, lekin uni o‘rish aslida juda oson. Sochni ikkiga bo‘lib, kichik tolalarni navbatma-navbat bir tomondan ikkinchi tomonga o‘tkazing. Romantik uchrashuv yoki ish kunlari uchun mos keladi.
Gollandcha o‘rish
Bu usul sochlarni hajmli ko‘rsatib, butun kun davomida mukammal saqlanadi. U frantsuzcha o‘rim kabi o‘riladi, lekin soch tolalarini teskari usulda o‘rab: ular asosiy to‘plam ostidan o‘raladi, ustidan emas. Do‘stlar bilan uchrashuvlar yoki sayr qilish uchun ideal variant hisoblanadi.
Sharshara soch turmagi
Oqib tushayotgan sharsharani eslatadigan juda nafis uslub. Fransuzcha soch o‘rimini boshlang, lekin soch tolalarini chiqarib yuborib, shu bilan “oqib tushish” effektini yarating. Kechki obrazni yanada chiroyli qiladi va tantanali tadbirlar uchun mos keladi.
Hajmli soch o‘rimi
Sochingizga ozroq hajm qo‘shing, o‘rimni imkon qadar bo‘shroq qilib, sochlarni o‘rgandan keyin o‘rimlarni biroz tashqariga chiqarib torting. Bu hajm qo‘shib, zamonaviy uslub yaratadi. Do‘stlar bilan xordiq chiqarish uchun ajoyib tanlov.
Tugunli soch o‘rimi
Jozibali va noodatiy soch turmagi hisoblanadi. Sochlaringizni bir necha qismga bo‘lib, ularni tugun qilib bog‘lang va har bir tugunni soch to‘g‘nag‘ichlari bilan mahkamlang. Bu o‘ziga xoslik berib, imidjingizda tajriba qilishga undaydi.
Yunoncha soch o‘rimi
O‘rimni bosh atrofida, xuddi soch obodogidek o‘rab chiqing. Sochlar erkin yoki biroz jingalak qilib o‘rilsa, ko‘rinishga romantiklik beradi. To‘y va boshqa muhim tadbirlarda ideal ko‘rinish bag‘ishlaydi.
Soch o‘rimi – nafaqat chiroyli, balki amaliy hamdir. Ular sochni yuzdan yig‘ish va har qanday ko‘rinishga nafis detal qo‘shish imkonini beradi. Har qanday holatdan qat’i nazar, bu variantlar mos uslubni oson tanlash va o‘zingizni ishonchli hamda zamonaviy his qilishingizga yordam beradi.
Tajriba qiling, o‘zingizga moslang va hammaning havasini keltiradigan soch turmaklarini qilib yuring!