“Mening yovvoyi do‘stim”: “Kichkina shahzoda” asaridan ilhomlangan oilaviy film haqida fikrlar va qiziqarli faktlar


“Mening yovvoyi do‘stim” 2024-yilning eng yaxshi oilaviy filmlari ro‘yxatiga kiritildi. Kartinani rossiyalik rejissyor Anna Kurbatova suratga oldi. U filmni yaratishda mashhur “Kichkina shahzoda” ertagidan ilhomlangan. Natijada, kino katta tomoshabin auditoriyasiga ega bo‘ldi, yuqori reyting to‘pladi va kinosevarlarga juda yoqdi. Shuningdek, film bolalar uchun eng asosiy savolga javob berdi: qanday qilib tulkini qo‘lga o‘rgatish mumkin? Batafsil ma’lumotni quyida o‘qishingiz mumkin.
“Mening yovvoyi do‘stim” 2024
Mamlakat: Rossiya
Janr: oilaviy, sarguzasht
Bosh rollarda: Yelisey Chuchilin, Yuliya Aleksandrova, Yuriy Kolokolnikov, Maksim Shegolev, Yevgeniy Shvarts, Mixail Bashkatov, Olga Smirnova, Saveliy Veryaskin
Davomiyligi: 1 soat 40 daqiqa
KinoPoisk reytingi: 8.5

Syujet
7-sinf o‘quvchisi Sasha yangi maktabda o‘quv yilini tugatmoqda. U xolasi Nina bilan kichik, ammo juda chiroyli shaharchada yashaydi. Sashaning onasi Moskvada taniqli olim bo‘lib, doimiy safarlarga chiqadi, shu sababli o‘g‘lini opasining qo‘liga topshirgan va yana ilmiy ekspeditsiyaga jo‘nab ketgan.
Sasha yangi sinfdoshlari bilan til topisha olmaydi va o‘zini yolg‘iz his qiladi. Uni faqat tabiatga sayr qilish taskin beradi. Bir kuni u o‘rmonda brakonyerlar qo‘ygan tuzoqqa tushgan tulkichani topib oladi. Bola unga yordam berishga va yashirincha g‘amxo‘rlik qilishga qaror qiladi. Ammo bu oson ish emas: yovvoyi hayvonni parvarish qilish kerak, bundan tashqari, brakonyerlar ham tulkini izlamoqda. Shu tariqa, Sasha va tulkining do‘stlik haqidagi hayajonli va ta’sirchan hikoyasi boshlanadi.
Minglab filmlar, seriallar va shoular HD sifatda va reklamasiz – barchasi TelecomTV veb-saytida!

“Mening yovvoyi do‘stim” treyleri
“Mening yovvoyi do‘stim”: qayerda suratga olingan?
Film tabiat go‘zalligi va ajoyib manzaralari bilan to‘la bo‘lgani sababli, ko‘plab tomoshabinlar: “Mening yovvoyi do‘stim” filmi qayerda suratga olingan? — deb qiziqishdi.
Film Rossiyaning Sverdlovsk viloyatidagi Kamensk-Uralskiy shahrida suratga olingan. Tomoshabinlar ushbu joylarning diqqatga sazovor maskanlari bo‘ylab sayohat qilishlari mumkin: shahar vokzali, Rim favvorasi, Eski Krasnogorka ko‘chalari va, albatta, hayratomuz tog‘ manzaralarini tomosha qilishi mumkin.

Minglab filmlar, seriallar va shoular HD sifatda va reklamasiz – barchasi TelecomTV veb-saytida!

“Mening yovvoyi do‘stim” haqida fikrlar
Umuman olganda, tomoshabinlarning fikrlarini birlashtirsa, film haqiqiy ertakka o‘xshaydi. Tomoshabinlar syujetning ta’sirchanligi, hikoyaning axloqiy jihati, go‘zal tasvirlar va aktyorlarning ajoyib o‘yinini yuqori baholashdi. Ba’zilar esa film hatto eng sovuq yuraklarni ham eritib yuborishini ta’kidlashdi.
“Film juda ajoyib, samimiy va nihoyatda chiroyli. Ayniqsa, unda ko‘rsatilgan ajoyib manzaralar va betakror tabiatni alohida ta’kidlash kerak.”
“Filmda do‘stlik, oila, muhabbat va umid kabi tushunchalar ko‘tariladi. Bolaning tulkicha bilan kutilmagan tanishuvi qanday rivojlanishi va hayvonning unga qanday ishonch bildirishi juda qiziqarli tomosha qilinadi.”
“Ajoyib dramaturgiya. Bir qarashda oddiy syujetdek tuyuladi, lekin filmda barcha qahramonlar aniq va puxta yoritilgan. Shuningdek, muhim axloqiy xulosa bor: dunyo qanday bo‘lsa shundayligicha qabul qilish kerak va har bir inson qanday dunyoda yashashni xohlashi tanlovini o‘zi qiladi.”